Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Fuqarolik-protsessual qonunchilik qoidalariga muvofiq, vakilning huquqlari va majburiyatlari u bajaradigan ommaviy-huquqiy rolidan kelib chiqib belgilangan



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə80/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138
Адвакатлар дарслик

Fuqarolik-protsessual qonunchilik qoidalariga muvofiq, vakilning huquqlari va majburiyatlari u bajaradigan ommaviy-huquqiy rolidan kelib chiqib belgilangan.
Fuqarolik sud ishida ishonch bildiruvchining vakili sifatida ishtirok etayotgan advokat vakolatlari protsessual qonunchilik bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga qonun advokat huquq va majburiyatlarini tartibga solishga, ya'ni uning huquqiy maqomining eng muhim jihatlariga ham e'tibor bergan.
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun advkaotga qator muhim protsessual huquqlar bergan:

  1. yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur ma'lumotlar yig‘ish;

  2. advokat yuridik yordam ko‘rsatayotgan ish bo‘yicha ma'lumotga ega ekanligi ehtimoli bor shaxslardan, ularning roziligi bilan, so‘rov o‘tkazish;

  3. ish bo‘yicha dillar deb e'tirof etilishi mumkin bo‘lgan hujjatlarni yig‘ish va taqdim etish;

  4. yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarni tushuntirish uchun mutaxassislarni

shartnoma asosida jalb qilish;

  1. o‘zi vakil sifatida qatnashayotgan ish materiallaridagi axborotni, jumladan texnik vositalar yordamida, qayd etib borish.

Advokat-vakil o‘zi vakillik qilayotgan shaxs nomidan O‘zbekiston Respublikasi FPK 35- m.da ko‘zda tutilgan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Biroq ishonchnomada vakilning da'vo arizasini imzolash, uni sudda taqdim qilish, bahsni ko‘rib chiqish uchun hakamlik sudiga oshirish, qarshi da'vo kiritish, da'vo talablaridan to‘liq yoki qisman voz kechish, ularning miqdorini kamaytirish, da'voni tan olish, da'vo predmeti yoki asosini o‘zgartirish, sul kelishuvini tuzish, vakolatni boshqa shaxsga o‘tkaxish (qayta ishonch bilirish), sud qarori ustidan shikoyat qilish, ijro hujjatini undirishga taqdim qilish, berilgan mulk yoki pullarni olish huquqlari kabi vakilning vakolatlari ko‘rsatib o‘tilishi lozim (O‘zbekiston Respublikasi FPK 54- m.).
Shu bilan birga, advokatga nisbatan, fuqarolik jarayonidagi alohida vakillik sub'ekti sifatida, qonun turli huquqiy cheklovlar belgilaydi. Jumladan, advokat: yuridik yordam so‘rab unga murojaat qilgan shaxsdan, noqonuniy xarakterga egaligi aniq bo‘lgan topshiriq olishga; agar u muayyan ish bo‘yicha ishonch bildiruvchining manfaatidan farqli manfaatga ega bo‘lsa, shu ish bo‘yicha yuridik yordam ko‘rsatish topshirig‘ini olishga haqli emas. Advokat ishda sudya, hakamlik sudyasi, arbitr, vositachi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, ekspert, mutaxassis sifatida qatnashgan bo‘lsa yoki ish bo‘yicha guvoh, jabrlanuvchi bo‘lsa, yuridik yordam ko‘rsatish topshirig‘ini ololmaydi. Axloq me'yorlari va qonun advokatga ishonch bildiruvchining irodasiga zid keluvchi mavqyeni tutishni, shuningdek ishonch bildiruvchining roziligisiz o‘ziga yuridik yordam ko‘rsatishi tufayli aytilgan ma'lumotlarni oshkor qilishni taqiqlaydi (“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 7-m.).
Advokat ko‘rsatadigan yuridik yordamlar turlaridan biri og‘zaki va yozma shaklda huquqiy masalalar konsultatsiyalar va ma’lumotnomalar berishdir (“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonun 5- m., 2- b.). Advokat uzoq bo‘lmagan vaqt ichida mijoz bilan psixologik aloqa o‘rnatishi, uning da'vosi mohiyatini tushunishi va malakali yuridik yordam ko‘rsatishi zarur.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin