Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


S shikoyat qilingan (protest bildirilgan) qaror taqdiriga nisbatan talablar bayoni (bekor qilish, o‘zgartirish, hal etish va sh.k.)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə88/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138
Адвакатлар дарслик

S shikoyat qilingan (protest bildirilgan) qaror taqdiriga nisbatan talablar bayoni (bekor qilish, o‘zgartirish, hal etish va sh.k.);
S shikoyat (protest)ga ilova qilinuvchi hujjatlar ro‘yxati.
Apellyasiya shikoyati (protest) sudga ishda qatnashgan shaxslar soniga teng nusxalar bilan taqdim etiladi. Zarur holatlarda sud arisining yoki sudyaning taklifiga ko‘ra advokat yoki prokuror o‘sha tartibda shikoyat (protest)ga ilova qilinadigan yozma materiallaming ishda qatnashuvchi shaxslar soniga teng nusxalarini taqdim etadilar.
O‘zbekiston Respublikasi FPK me'yorlariga muvofiq, shikoyat (protest kiritish) uchun asoslar quyidagilardir:
S ish uchun ahamiyatga ega holatlaming to‘liq aniqlanmaganligi;
S sud aniqlangan deb hisoblagan ish uchun ahamiyatli holatlarning isbotlanmaganligi;
S qarorda bayon etilgan sud xulosalarining ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
S moddiy huquq yoki protsessual huquq me'yorlarining buzilishi yoki noto‘g‘ri qo‘llanilishi.
Apellyasiya (kassatsiya) instansiyasi sudi majlisida qatnashuvchi advokat o‘ziga ishonch bildiruvchining manfaatlari uchun barcha dalil-isbotlarni qo‘llab- quvvatlash, shikoyatni asoslashni, moddiy va protsessual huquq me'yorlarini buzgan holda chiqarilgan sud qarorlarini, ajrimlarini bekor qilish yoki o‘zgartirish bo‘yicha iltimosnoma kiritishga majbur.
Advokat, sud muhokamasining yuqori turuvchi bosqichida ham nafaqat isbotlashda, balki quyidagi masalalarda ham faol mavqyeni ushlashi kerak (faoliyatining yuksak madaniyati bilan uyg‘ulashtirgan holda): sud savollariga javoban, jarayon rivoji haqidagi o‘z fikrlarini bildirish; ishda qatnashayotgan tomonlardan birining, vakillar, jkspertlar, tarjimonlar va, agar zarur bo‘lsa, raislik qiluvchining harakatiga e'tiroz bildirish; sudga ish bo‘yicha yush yuritishning to‘xtatib turilishi, qayta tiklanishi, bekor qilinishi, arizani ko‘rilmasligi va bunday ajrimning bekor qilinishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarning rivojlanishi to‘g‘risidagi qarorlar qabul qilish uchun ahamiyatga ega holatlar haqida xabar berish; rad etishlar bilridirish; dalillarning joiz emasligi haqida va ularni dalillar ichidan chiqarish to‘g‘risida bayonot berish; sud ruxsati bilan, ekspertlar va guvohlarga savol berish; ekspertizalar, jumladan, qo‘shimcha va qayta ekspertizalar o‘tkazish to‘g‘risida iltimosnoma taqdim qilish; zarur holatlarda, o‘kazib yuborilgan protsessual muddatlarni qayta tiklash, sud xarajatlarini taqsimlash, sud xarajatlarini to‘lashdan ozod qilish, keyinga qoldirish yoki bo‘lib- bo‘lib to‘lash va ularning miqdorini qisqartirish, davlat bojini qaytarish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilish.
§7. Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmlari, ajrimlari va qarorlarining
qonuniyligi, asoslanganligi va adolatliligini tekshirish bosqichida advokatning

ishtiroki
Advokatning fuqarolik jarayonidagi ishtirokining uchinchi bosqichi - bu uning yuqori turuvchi sud tomonidan ikkinchi instansiya sudi chiqargan ajrim qonuniyligi, asosga egaligini tekshirish bosqichidagi ishtirokidir. Advokat, ishonch bildiruvchi manfaatlarini himoya qilishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligidan kelib chiqib, quyidagilarga e'tiborini jamlashi kerak:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin