Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


O‘zbekiston Respublikasi FPK 60- moddasida tomonlar isbotlash majburiyatidan ozod etiladigan holatlar sanab o‘tiladi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə85/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138
Адвакатлар дарслик

O‘zbekiston Respublikasi FPK 60- moddasida tomonlar isbotlash majburiyatidan ozod etiladigan holatlar sanab o‘tiladi:

  1. sud tomonidan umumma'lum deb topilgan holatlar;

  2. qonuniy kuchga kirgan avvalda ko‘rilgan ish bo‘yicha sud qarori bilan belgilangan holatlar;

  3. qonuniy kuchga kirgan xo‘jalik sudi qarori bilan belgilangan holatlar;

  4. jinoiy ish bo‘yicha qonun kuchiga kirgan sud hukmi sud hukmi chiqarilgan shaxs harakatlarining fuqarolik-huquqiy oqibatlari to‘g‘risidagi ishni ko‘rayotgan sud uchun ushbu harakatlar sodir bo‘lganligi va ular ushbu shaxs tomonidan sodir etilganligi to‘g‘risidagi masalalar bo‘yicha majburiydir.

Advokat-vakil guvohlar ko‘rsatmalarini kuzatib borishi, kerakli faktlarni olishga qaratilgan savollar berishi; yozma va ashyoviy dalillarni tadqiq qilishda qatnashishi lozim. Tadqiq qilish ushbu hujjatlar bilan tanishishni, ularni tahlil qilishni, alohida dalillar o‘rtasidagi aloqani belgilashni ko‘zda tutadi. Advokat- vakil ekspertlar va mutaxassislarni, agar ular ishga qatnashishga jalb etilgan bo‘lishsa, so‘roq qilishda qatnashadi. Sud dalillarni bevosita tadqiq etishga majbur. Shu sababli ob'ektiv sabablarga ko‘ra sud zalida dalillar bilan tanishish imkonsiz bo‘lganda, ularni ko‘zdan kechirish va tadqiq qilish joylashuv joyida o‘tkaziladi.
Sud majlisi zalida yoki shu maqsadda maxsus jihozlangan joyda audio- va videoyozuvlarni ijro etish, ishda qatnashuvchi shaxslar tushuntirishlarini tinglash, shu munosabat bilan mutaxassis jalb qilish va zarur holatlarda ekspertiza tayinlash mumkin.
Bunda vakilning faoliyati qonun talablariga muvofiq kelishi, professional va malakali bo‘lishi, advokatlik etikasi me'yorlariga javob berishi lozim. Advokat so‘roqlarda faol mavqyeda turishi, biroq hyech qanday holatlarda so‘roq qilinayotganga qo‘pollik qilmasligi, uning shaxsiga hurmat ko‘rsatishi kerak. Yo‘naltiruvchi savollar berish, shuningdek javobi ishonch bildiruvchiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, rejalashtirilmagan savollar berish mumkin emas.
Dalillarni tadqiq qilish ularni baholashni ham nazarda tutadi. Dalillarni baholash doirasida ularning tegishliligi, joizligini, ularning ishonchliligi, yetarliligi va o‘zaro aloqaning mavjudligini aniqlash lozim.
Advokat-vakil, fuqarolik ishi bo‘yicha dalillarni baholab, o‘zining ichki ishonchiga tayanadi, uning asosi o‘zining konstitutsiyaviy majburiyatlari - o‘ziga huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan shaxsning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni bajarish zaruriyatiga aminlik sanaladi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin