Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 6. Advokat va birinchi instansiya sudi hukmi va ajrimi yuzasidan kassatsiya shikoyati (protest kiritish)



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə87/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 6. Advokat va birinchi instansiya sudi hukmi va ajrimi yuzasidan kassatsiya shikoyati (protest kiritish)
Kassatsiya protestini prokuror kiritadi, uning majburiyatlari sirasiga tegishli sud tomonidan ish ko‘rilishida qonunda ko‘zda tutilgan vakolatlarni amalga oshirish kiradi: tuman yoki shahar prokurori - tuman yoki shahar sudi qarori ustidan; viloyat prokurori va unga tenglashtirilgan prokurorlar - viloyat sudiga va unga tenglashtirilgan sudlar qarorlari ustidan protest kiritishi mumkin.
Apellyasiya shikoyatlari, kassatsiya protestlari, O‘zbekiston Respublikasi FPKga muvofiq, apellyasiya (kassatsiya) sudiga qaratiladi, lekin qaror qabul qilgan sudga topshiriladi. Protestning bevosita yuqori turuvchi instansiyaga taqdim qilish uning ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Biroq, da'vogar, javobgar, uchinchi shaxslar dalil-isbotlar bilan oldindan tanishib va unga nisbatan o‘z e'tirozlarini taqdim etish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun shiakoyat (protest)ni qaror qabul qilgan sudga topshirgan afzalroq. Agar protest bevosita kassatsiya instansiyasiga taqdim etilsa, u, odatga ko‘ra, protestni birinchi instansiya sudiga qayta yo‘llaydi.
Apellyasiya shikoyatlari sud qaror qabul qilganidan keyin yiirma kun ichida topshirilishi mumkin. ushbu muddat o‘tgandan keyin berilgan shikoyat ko‘rilmay qoldiriladi va shikoyat topshirgan shaxsga qaytariladi. Bu muddat, agar uni o‘tkazib yuborilishini sud sababli deb topsa, uzaytirilishi mumkin.
Fuqarolik protsessual qonunda shikoyat (protest)ning muayyan rekvizitlarini belgilangan. Unda quyidagilar bo‘lishi lozim:
S shikoyat (protest) yo‘naltirilayotgan sud nomi;
S shikoyat (protest) taqdim etgan shaxs maqomi;
S shikoyat (protest) taqdim qilinayotgan sud qarori mazmuni;
S sud qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirishga keltirilayotgan asoslar;
S sud qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirishga sabablarning asoslanishi;
S sudning shikoyat qilinayotgan (protest kritilgan) qarorini bekor qilish yoki o‘zgartirishga asos bo‘luvchi moddiy va protsessual qonun me'yorlariga havolalar;

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin