Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Advokat-vakilning ushbu faoliyati asosida O‘zbekiston Respublikasi FPK 57- m. yotadi, unda tomon o‘zi asoslanadigan holatlarni isbotlashi kerak, deb belgilangan



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə82/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138
Адвакатлар дарслик

Advokat-vakilning ushbu faoliyati asosida O‘zbekiston Respublikasi FPK 57- m. yotadi, unda tomon o‘zi asoslanadigan holatlarni isbotlashi kerak, deb belgilangan.
§ 3. Advokat - ishning qo ‘zg‘atilishi va sudda ko ‘rilishiga tayyorlash bosqichida
Ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida advokat-vakil ishonch bildiruvchiga ishning sudda ko‘rilishi tartibini, mijozning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi. Bundan tashqari, sudda o‘zini tutish, shuningdek izoh berish davomida, sud va ishda qatnashayotgan boshqa shaxslar savollariga javob berishda nimalar deyish kerakligi bo‘yicha muayyan tavsiyalar beradi, tegishli sud amaliyotini o‘rganadi.
Ishni yuritishga tayyorlash davomida advokat-vakil hujjatlar to‘plami, ya'ni hujjatlar, ularning nusxalari, ko‘chirma va ish yuritish uchun zarur bo‘lgan boshqa materiallar to‘plamini tuzadi.
Shu lavrda advokat-vakil ma'lumotlar to‘playdi, ma'lumotnomalar, tavsifnomalar va davlat hokimiyati va boqsharuvi organlaridan, joylardagi davlat hokimiyati organlaridan, tashkilotlar va jamoat birlashmalaridan boshqa hujjatlarni so‘raydi; ishga oida axborotga ega ekanligi ehtimoliy bo‘lgan shaxslardan, ularning roziligi bilan, so‘rov o‘tkazadi. Bundan tashqari, keyinchalik sud tomonidan ashyoviy va boshqa dalillar sifatida e'tirof etilishi mumkin bo‘lgan ashyolar va hujjatlar yig‘adi; sudga guvoh sifatida kimni chaqirish lozimligini; ekspertiza o‘tkazishga, ishga ekspertlarni jalb qilishga zaruriyat borligini aniqlaydi.
§ 4. Advokat va birinchi instansiya sudida ish yuritish
Sud muhokamasi fuqarolik sud ishining markaziy bosqichi sanaladi. Unga og‘zaki shakl, dalillar o‘rganilishining bevositaligi va, dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari, jarayonning uzluksizligi xosdir (O‘zbekiston Respublikasi FPK 11-m.). Tomonlar tortishuvi va teng huquqliligi tamoyili sud muhokamasi asosida yotadi.
Fuqarolik ishi sud muhokamasi bosqichida advokatning huquqlari va majburiyatlari hajmi, bir tomondan, sud muhokamasining tegishli qismiga, ikkinchi tomondan - ishonch bildiruvchining muayyan huquqlari unga o‘tkazilishiga bog‘liq bo‘ladi. shu tariqa, sud vakili o‘zining vakolati bo‘lmagan harakatlarni amalga oshirishga haqqi yo‘q, biroq u ishonch bildiruvchining manfaatlari yo‘lida mutlaqo qonun asosida harakat qilishi lozim.
Advokatning maqsadi ushbu bosqich doirasida ishonch bildiruvchiga yuridik yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘lgani sababli, advokat sud ishining fuqarolik ishini to‘g‘ri va o‘z vaqtida ko‘rib chiqishdek vazifasini hal etishga ko‘mak beradi.
Sud tarkibi e'lon qilinganidan keyin, O‘zbekiston Respublikasi FPK 170- m.ga muvofiq, advokat-vakil sudyani, prokurorni, sud majlisi kotibini, ekspertni, mutaxassisni, tarjimonni rad etish huquqiga ega.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin