Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


§ 2. Advokatning ishonch biliruvchini qabul qilish va vakil sifatida sudda qatnashishga tayyorgarlik ko ‘rish bo ‘yicha faoliyati



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə81/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138
Адвакатлар дарслик

§ 2. Advokatning ishonch biliruvchini qabul qilish va vakil sifatida sudda
qatnashishga tayyorgarlik ko ‘rish bo ‘yicha faoliyati

Mijozning topshirig‘i qonuniy xarakterga egaligiga amin bo‘lgach, advokat sudda ish yuritishni o‘z zimmasiga oladi. Bu bosqichda advokat sud muhokamasiga tayyorlanish maqsadida quyidagi yuridik harakatlarni amalga oshiradi: ishonch bildiruvchi bilan suhbat o‘tkazadi, uning istaklari va talablarini aniqlaydi, ish holatlarini o‘rganadi, muammoga huquqiy baho beradi, huquqiy
bahsni hal etishga olib bornvchi yo‘llarni ochadi, sudda ish yuritish taktikasini belgilaydi.
Huquqiy yordam ko‘rsatish jarayonining zaruriy va boshlang‘ich elementi - bu da'vo arizasini tuzishdir.

3

Da’vo - sudga yo‘llangan, adolatli sudni amalga oshirish haqidagi talab bo‘lib, uning mazmunini manfaatdor shaxs (da'vogar)ning ehtimoliy huquqbuzar (javobgar)ga iltimosi tashkil etadi.




O‘zbekiston Respublikasi FPK da'vo arizasining shakliga, shuningdek






da'voni qabul qilishni rad etish va uni harakatsiz qoldirish holatlariga asosiy talablarni belgilaydi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha ishda sub'ektiv huquq va qonun bilan himoyalanadigan manfaatni himoya qilish vositasi ariza bo‘lib, uning shakli va mazmuni O‘zbekiston Respublikasi FPK 149-157- m.lari belgilaydi.
Advokat-vakilning ishda qatnashishga tayyorgarligi, birinchi instansiya sudida, ishning sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida amalga oshiriladi va sud ishining ushbu bosqichining umumiy vazifalariga bo‘ysunadi: ishni to‘g‘ri hal etish uchun ahamiyatga ega amaliy holatlar aniqlanadi; tayanish lozim bo‘lgan qonun aniqlanadi, va tomonlarning huquqiy munosabatlari belgilanadi; jarayonning boshqa ishtirokchilari to‘g‘risidagi masala hal etiladi; ishda qatnashayotgan shaxslarning zaruriy dalillari taqdim etiladi (O‘zbekiston Respublikasi FPK 160- m.).
Advokatning faoliyati jarayonda qaysi tomonga vakillik qilishiga bog‘liq bo‘ladi. Advokat-da'vogar vakili javogarga da'voning amaliy asoslarini asoslovchi dalillar nusxasini taqdim qilishi; sudyaga o‘zi sudning yordamisiz mustaqil ola olmaydigan dalillarni undirish haqida iltimosnoma taqdim qilishi zarur.
Advokat-javobgar vakili da'vogarning da'vo talablarini va bu talablarning amaldagi asoslarini aniqlaydi; da'vogarga yoki uning vakiliga va sudga da'vo talablariga nisbatan yozma shaklda raddiyalarni taqdim qiladi; da'vogarga yoki uning vakiliga va sudga da'voga nisbatan raddiyani asoslovchi dalillar topshiradi; sudyaga o‘zi sudning yordamisiz mustaqil ola olmaydigan dalillarni undirish haqida iltimosnoma taqdim qiladi (O‘zbekiston Respublikasi FPK 159- m.).

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin