Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik


Qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan advokatlik faoliyatiga qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, aralashuv yoki bu faoliyatga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə17/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138
Адвакатлар дарслик

Qonunchilikka muvofiq amalga oshirilayotgan advokatlik faoliyatiga qanday ko‘rinishda bo‘lmasin, aralashuv yoki bu faoliyatga to‘sqinlik qilish taqiqlanadi.
Advokatlik faoliyatiga aralashuv o‘zboshimchalik bilan, advokat va unga ishonch bildiruvchining roziligisiz yuridik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq munosabatlarda qatnashishni anglatadi. Shaxsning mazkur faoliyatni ushlab turuvchi yoki cheklovchi biror-bir halaqitlar yaratishga qaratilgan harakatlari (harakatsizligi) advokatlik faoliyatiga to‘sqinlik deb tan olinadi.
Advokatlik faoliyatiga nohaq aralashuv yoki mazkur faoliyatga to‘sqinlik qilishni advokat tomonidan tegishli shaxsning harakati yoki harakatsizligi ustidan sud yoki ma'muriy tartibda shikoyat qilishi yordamida bartaraf etish mumkin.
Mustaqillik - ushbu tamoyilga muvofiq, advokatlik tuzilmalarining tashkil etilishi va faoliyat yuritishi, shuningdek advokatning kasbiy faoliyati advokatura tizimiga kirmaydigan organlar va mansabdor shaxslarning fikrlari, qarorlari yoki

harakatlariga bog‘liq emas. Bunday mustaqillik jamiyatning muhim tarkibiy qismi bo‘lmish advokatura institutining o‘ziga xosligi bilan izohlanadi.




Shuni qayd etish joizki, advokat mustaqilligini ta'minlashning shartlaridan biri - bu uning daxlsizligidir, bu esa “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida” “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 6- moddasida aks etgan. Advokatning daxlsizligi (immuniteti) quyidagi jihatlarda aks etadi:

  1. Advokatga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘ashi mumkin bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatining qonunda ko‘rsatilishi. Chunonchi, advokatga nisbatan jinoiy ish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin. qonunda ushbu me'yorning belgilanishi advokatga o‘zining kasbiy faoliyatini bajarayotganida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya tomonidan bosim o‘tkazilishining oldini oladi va advokat tomonidan ishonch biliruvchining manfaatlarini qonuniy usullar va uslublar bilan qat'iy himoya qilinishini ta'minlaydi.

  2. Qonunda advokatning turar joyi, xizmat xonasi, u foydalanadigan transport yoki aloqa vositasining, yozishmalari, advokatga tegishli ashyolar va hujjatlarning daxlsizligining mustahkamlab qo‘yilishi. Bu daxlsizlik faqat jiddiy

asoslar bo‘lgandagina va yuqorida keltirilgan vakolatli shaxslaming ruxsatlari bilangina cheklanishi mumkin.

  1. Qonunda advokatning huquqiy mavqyeiga nisbatan surishtiruv organi, tergovchi, prokuror tomonidan arznoma taqdim qilinishi, shuningdek sudning alohida ajrimi chiqarilishining taqiqlanishi, bu quyidagi maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan:

  • advokatning mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan qonun me'yorlari uning mustaqilligini kafolatlaydi, binobarin, yuridik va jismoniy shaxslarga malakali yordam ko‘rsatish maqsadida erkin harakat qilish imkonini yaratadi;

  • o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishda advokat, u himoya qilayotgan shaxs tomonidan davlatga qarshi og‘ir jinoyatlar qilgani yoki shaxsga nisbatan o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganidan qat'iy nazar, unga ishon bildirgan shaxsning manfaatlarini qonuniy uslublar bilan vijdonan himoya qilishi lozim;

  • ishon bildiruvchini himoya qilishga kirishishdan oldin, advokat u bilan kelishgan holda himoya mavqyeini aniqlab oladi.

NAZORAT SAVOLLARI:

  1. Davlat va advokatura institutining o‘zaro ta'siri mexanizmlari.

  2. Advokaturaning davlatdan mustaqilligi - sud jarayonidagi tomonlarning asosiy sharti sifatida.

  1. BOB

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKAT FAOLIYaTINING TAShKILIY-HUQUQIY ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasida advokatura instituti rivojlanishi tarixi. O‘zbekiston Respublikasida advokatlikfaoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik. Malaka komissiyalari va advokatning intizomiy javobgarligi. Advokatlik maqomining qo‘lga kiritilishi, litsenziya berilishi, uning bekor qilinishi uchun asoslari va adqokatlik faoliyati kafolatlari. Advokatlik faoliyatining tashkiliy shakllari va advokatlarning kasbiy birlashmalari. Advokatlik faoliyati va uzluksiz yuridik ta'lim. Advokatlik faoliyati standartlari. Advokatlik faoliyatini soliqqa tortish.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin