Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə14/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138
Адвакатлар дарслик

Fuqarolik jamiyati - alohida olingan shaxsning o‘ziga xos, xususiy maqsadlari va manfaatlarining amalga oshishi sohasidir.










Huquq rivojlanishi nuqtai nazaridan, bu zaruriy bosqich, chunki bu yerda xos va umumning o‘zaro aloqasi va o‘zaro shartliligi aks etadi. Fuqarolik jamiyatining qonunchilik, sud va politsiya tomonidan qo‘riqlanadigan oliy manfaatlari, huquq rivojlanishi mantig‘iga ko‘ra, bu sohadan tashqariga - davlat sohasiga yetaklaydi.


Har bir fuqaroning o‘z farovonligiga aminligi jamiyatdagi advokaturaning tashkillashtirilganligiga, mustaqilligiga va huquqiy himoyalanganligiga proporsionaldir.
“Advokatura”, “fuqarolik jamiyati” va “davlat” tushunchalari o‘zaro bog‘liq va bir-birini aniqlab keluvchi tushunchalardir.
Hodisa sifatida, advokaturaning asosiy burchi butun jamiyatga va uning a'zolariga fuqaro va yuridik shaxsning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish yo‘lida ijtimoiy ahamiyatga molik yuridik xizmatlar ko‘rsatishdan iborat.
Advokatura qonun ustuvorligini va o‘z fuqarolari hamda uyushmalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini hurmat qilishni e'tirof etuvchi har qanday davlatning eng muhim huquqiy instituti sanaladi.
Advokatura - demokratik huquqiy institut bo‘lib, professional asosda har kimning malakali yuridik yordam olishdek konstitutsiyaviy huquqini ta'minlash uning vazifasidir. Advokaturaning ahamiyati inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, jamiyatda konstitutsiyaviy qonuniylik rejimini mustahkamlashda aks etadi.
sheriklik munosabatlari haqidagi masalaning qo‘yilishi nazariyot doirasida qolmoqda va qonunchilik amaliyotida yetarlicha aniq ko‘rsatib berilmagan.
Ma'lumki, XIX asr ikkinchi yarmidagi huquqiy tafakkur bu masalada progressiv mavqyega ega edi, u advokatni jamoat arbobi sifatida, advokaturani “ommaviy huquq instituti” sifatida ko‘rardi. Bu tavsiflarda advokaturaning ommaviy-huquqiy mohiyati a'lo darajada aks etadi. Ta'kidlanadiki, advokatlik korporatsiyasi, boshqa jamoat birlashmalaridan farqli ravishda, o‘z a'zolarining manfaatlarini himoya qilish maqsadiga intilibgina qolmay, ommaviy-huquqi funksiyalarni ham bajaradi, ulardan asosiysi fuqaroning yuridik yordam va sud himoyasi huquqini amalga oshirishni ta'minlashdir.16
Advokatura davlat tashkiloti emas, chunki u davlat ahamiyatiga molik funksiyalarni ham, xususiy manfaatlarni amalga oshiruvchi funksiyalarni ham bajaradi. Birlashuvning ko‘ngilli ekanligi belgisi advokatura davlat tashkiloti emasligi va bo‘la olmasligining isboti bo‘ladi. Advokatlar palatasiga a'zolik bo‘yicha huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishiga yuridik asos ikki tomonlama hujjat - shaxsning Palataga kirganligi haqida arizasi, uning malaka imtihonini topshirishi, uning qabul qilinishi to‘g‘risidagi qaror sanaladi.
Davlat muassasalari, korxonalari va tashkilotlari personali esa, mehnat shartnomasi asosida butlanadi. Davlat tashkilotlari, qoidaga ko‘ra, davlat tomonidan moliyalashtiriladi. Advokatura esa, asosan advokatlar ajratmalaridan shakllanadigan o‘zining mablag‘lari evaziga faoliyat yuritadi. Davlat tashkilotlari ishchi-xizmatchilari davlatdan ish haqi oladilar. Advokatlar mehnati to‘lovi esa, mijozlardan, yuridik yordam ko‘rsatilgani uchun gonorar olish ko‘rinishida undiriladi.
Shu bilan birga, advokaturaga yuklatilgan vazifalar jamiyatning Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yilgan jamiyatning ommaviy manfaatini aks ettiradi. Konstitutsiya fuqarolarning himoya va har bir ehtiyojmandning yuridik yordam olishi huquqi kafolatlangan. Jamoat tashkiloti - bu muayyan doiradagi shaxslarning o‘ziga xos manfaatlarini himoya qilish uchun birlashmadir. Advokatlik tuzilmalari, o‘z navbatida, adolatli sudlovni amalga oshirish sohasida davlat ahamiyatiga molik funksiyani bajaradilar, u bevosita uyushma a'zolari manfaatlarini himoya qilishga emas,advokatlar ko‘rsatadigan yordamga muhtoj bo‘lgan cheklanmagan darajadagi jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlariga tegishli bo‘ladi. Bundan tashqari, advokatlik tuzilmalari o‘z saflariga yangi a'zolarni qabul qiladilar, bu adolatli sudlovni amalga oshirishga qatnashishni anglatadi, stajirovkalarni tashkil qiladilar, shuningdek professional faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Bu funksiyalar jamoat birlashmalari uchun xos emas.
Advokatura xususiy korporativ jamoadan shunisi bilan ajralib turadiki, uning maqsadlari xususiy manfaatga asoslanmaydi, holbuki korporativlik elementlari unda ham mavjud bo‘ladi. Intizomiy ish ko‘rilishi natijalari bo‘yicha Advokatlar palatasi Boshqaruvi qabul qiladigan qarorlar ommaviylik elementiga ega, chunki faqat ishi ko‘rilayotgan advokatning emas, balki unga ishonch bildiruvchilar manfaatlariga ham taalluqli bo‘ladi, bunga advokatlik maqomi bekor qilinishi holatini misol qilib keltirish mumkin. Jamoaviy korporativ jamoaning xususiydan farqiga ham e'tibor berish mumkin. Bu farq ular o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarda ko‘rinadi. Advokaturaning maqsadi - bu ishonch bildiruvchilarning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek ularning adolatli sudlovdan foydalanishlarini ta'minlashdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi har bir quo‘lga olingan, qamoq ostida saqlanayotgan yoki jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsga advokat (himoyachi) yordamini ajratadi. Bu ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadlar bo‘lib, ular muayyan ijtimoiy guruhga emas, butun jamiyatga yo‘naltirilgandir.
Shu tariqa, aytish mumkinki, advokatura davlat hokimiyatining amalga oshirilishi vositasi bo‘lmish davlat hokimiyati va boshqaruvi, joylardagi davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmasa-da, baribir, advokatura ommaviy hokimiyat elementlariga egadir.
Qonun mazmuni advokatura qonun chiqaruvchi tomonidan o‘ziga xos ommaviy-huquqiy institut sifatida ko‘rilishiga shubha qoldirmaydi. Bunday yondashuv o‘zini to‘liq oqlaydi, chunki huquqiy davlatdagi advokaturaning mohiyati, tabiati va vazifasiga muvofiq keladi. Advokaturaning ommaviyligi uning funksiyalari va vazifalari bilan izohlanadi, ularda advokaturaning burch-vazifalari - fuqarolar va tashkilotlar huquqlari, erkinliklarini himoya qilish aks etadi, bu esa faqat yuridik me'yorlar va ko‘rsatmalar e'tirof etadigan doiradagina mumkindir.
Yuridik yordam ko‘rsatishda huquqiy makondan chiqib ketish advokaturaning o‘z ommaviy-huquqiy maqomini yo‘qotishini anglatgan bo‘lardi. Umuman olganda esa, Qonun tahlili advokatura huquqni muhofaza qilish faoliyatining to‘laqonli ishtirokchisiga aylanmoqda, shu bilan birga fuqarolik jamiyati instituti maqomini ham saqlab qolmoqda. Qonun advokatning barcha asosiy huquqlari, majburiyatlarini, uning faoliyatining mustaqilligini, advokatlik o‘zini-o‘zi boshqarish organlari tizimini, advokatlik tuzilmalarini mustahkamlab qo‘yadi, ya'ni advokatura instituti mavjud bo‘lishi, jismoniy va yuridik shaxslarga ularning huquqlari, erkinliklari va qonuni manfaatlarini himoyalash maqsadida malakali yuridik yordam taqim etish bo‘yicha vazifalarini bajarishi uchun huquqiy asosni ta'minlaydi.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin