Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə11/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138
Адвакатлар дарслик

Konstitutsiyaviy huquq fani, bamisoli konstitutsiyaviy huquq O‘zbekiston Respublikasi butun huquqiy tizimining asosini tashkil qilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi tizimida hukmronlik qilgani kabi, barcha yuridik ilmlar va o‘quv yo‘nalishlari, jumladan advokatura to‘g‘risidagi ilm uchun belgilovchi ahamiyatga ega. Aynan konstitutsiyaviy huquq Konstitutsiyasida mustahkamlangan inson va fuqaro huquqlari va manfaatlarini himoya qilish mexanizmini ishlab chiqadi. O‘z navbatida, advokatura to‘g‘risidagi ilm o‘z predmeti doirasida konstitutsiyaviy huquq g‘oyasini aniqlashtiradi va rivojlantiradi, uni aniq mazmun bilan to‘ldiradi.
Advokatura to‘g‘risidagi ilmning jinoiy huquq ilmi bilan chambarchas aloqasi an'anaviy tarzda kuzatiladi.
Jinoiy ish bo‘yicha himoyani sifatli amalga oshirishni istovchi advokat jinoiy-huquqiy ilmning barcha asosiy yutuqlari bilan tanish bo‘lmog‘i lozim. Va aynan advokat kasbiy faoliyati davomida amalda jinoiy huquq ilmi nazariy ishlanmalari samaradorligi tekshiriladigan sub'ektlardan biri sanaladi.
Advokatura to‘g‘risidagi il va jinoiy-protsessual huquq ilming o‘zaro ta'siri doirasi juda keng.
Jinoiy protsessual huquq ilmi jinoiy jarayonni, ya'ni qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilayotgan jinoiy ishlarni tekshirish, ko‘rib chiqish va sud tomonidan hal etilishiga oid faoliyatni o‘rganadi. Bu faoliyatning vazifasi inson va fuqaroning huquqlari va erkinliklarini, jamoat tartibini va jamiyat xavfsizligini, konstititsiyaviy tuzumni jinoiy tajovuzlardan muhofaza qilishdan iborat.7 Shuningdek, ushbu ilm mazkur faoliyatni tartibga soluvchi qonunchilikni, jinoty jarayon rivojlanishi tarixini, jinoiy ishlarni o‘rganish, ko‘rib chiqish va hal etishdagi xorijiy tajribani, boshqa masalalarni o‘rganadi.
Advokatura to‘g‘risidagi ilm jinoiy-ijro huquqi ilmi bilan ham o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Jinoiy-ijro ilmi jinoiy jazoni ijro etish sohasida yuzaga keluvchi ijtimoiy- siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, axloqiy, ruhiy-pedagogik muammolarning butun kompleksini o‘rganadi, turli ko‘rinishdagi jazolar bo‘yicha sud hukmlarini ijro etishga oid faoliyat jarayonida shakllanuvchi tendensiyalar va qonuniyatlarni aniqlaydi, qonunchilikning bu tarmog‘ini va uni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi8.
Ma'muriy huquq ilmi, huquq ilmining ijroiya hokimiyatini amalga oshirish bilan bog‘liq holda yuzaga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni, ularni qonunchilik bilan tartibga solishni, ushbu sohada huquq me'yorlarini qo‘llash amaliyotini va davlat-boshqaruv fao liyatiga taalluqli boshqa masalalarni o‘rganuvchi tarmog‘i sifatida, advokatura to‘g‘risidagi ilm bilan ko‘plab sohalarda o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Advokat ishonch bildiruvchining manfaatlarini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, faoliyatlari ma'muriy huquq bilan tartibga solinadigan davlat tashkilotlari oldida himoya qilarkan, advokatura to‘g‘risidagi ilm va ma'muriy huquq ilmining umumiy vazifasi fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi advokaturaning va advokatura asoslanuvchi tamoyillardan o‘zga asoslarga tayanib ish ko‘ruvchi davlat organlarining o‘zaro munosabatlari mexanizmini nazariy jihatdan ishlab chiqishdir.
Advokat ishonch bildiruvchining vakili sifatida ma'muriy sud ishida qatnashish huquqiga ega. Shu tariqa, ma'muriy sud ishi, ma'muriy xarakterdagi javobgarlikning amalga oshirilishi ham ikki ilmning umumiy manfaatlari doirasiga kiradi.9

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin