Loyiha Toshkent davlat yuridik universiteti advokatura darslik



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə12/138
tarix26.09.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#149090
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138
Адвакатлар дарслик

Fuqarolik huquqi jismoniy va yuridik shaxslarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy munosabatlarini tartibga soladi, ya'ni individlarning xususiy huquqiy sohadagi o‘zaro munosabatlarining barcha sohalarini qamrab oladi. Bozor munosabatlari, fuqarolik aylanmasi, tadbirkorlik faoliyati, mualliflik, meros huquqi masalalari - bular fuqarolik huquqti tartibga soladigan ob'ektlarning bir qismi.
Advokatura institutiga fuqarolar va tashkilotlarga ular tomonidan o‘zlarining xususiy huquqlari va manfaatlarini amalga oshirilishida malakali yuridik yordam ko‘rsatish vazifasi yuklatilgan.
Fuqarolar va yuridik shaxslarning xususiy huquqlarini himoya qilish sohasida advokatlik faoliyatini amalga oshirishda advokat fuqarolik huquqini bilibgina qolmay, ilmiy ishlanmalarni ham kuzatib borishi lozim, chunki aynan fuqarolik huquqi ilmi unga sub'ektlarning mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlari sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish xususiyatlari, qonunchilikni qo‘llash amaliyoti, uning talqinlari, huquqdagi bo‘shliqlarni yengib o‘tish haqida to‘liq tasavvur beradi.10
Fuqarolik-protsessual huquq ilmi, fuqarolik jarayoni va fuqarolik- protsessual huquq muammolari bo‘yicha bilimlarning tizimlashgan to‘plami sifatida, advokatura to‘g‘risidagi ilm bilan yaqin aloqalarga ega.
Fuqarolik protsessual qonunchilik advokatning faoliyatini u fuqarolik sud ishida ishonch bildiruvchining vakili sifatida qatnashganida tartibga soladi; barcha protsessual harakatlarni advokat talablarga to‘liq muvofiq ravishda bajarishi lozim.11 Advokatura to‘g‘risidagi ilm va fuqarolik-protsessual huquqi ilmi uchun fuqarolik va boshqa huquqbuzarlik sabablari, shuningdek sud xatolari sabablari umumiy qiziqishga ega. Bunda amaliyot materiallari, statistika ma'lumotlaridan foydalaniladi.
Xo‘jalik (tadbirkorlik) huquqi ilmi, tegishli uslublarga rioya etilgan holda olingan, professionallar tomonidan tasdiqlangan va tekshirib ko‘rishga layoqatlilik, yaxlitlik va yangi bilimlar yaratishga qodir bilimlar to‘plami sifatida, xo‘jalik qonunchiligini, uni qo‘llash amaliyotini, ularning tarixini, rivojlanish shart- sharoitlarini, huquqiy mexanizmlarning ishlab chiqilmaganligini, xorijiy xo‘jalik huquqi tizimlarini o‘zining predmeti deb olgan.12
Advokatlik amaliyoti va advokatura to‘g‘risidagi ilm xo‘jalik faoliyatini yuritish jarayonida, tadbirkorlik sohasida huquqlarni himoya qilishning eng samarali usullarini ishlab chiqadi. Sud va nizolarni hal etuvchi boshqa organlarda tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari manfaatlarini taqdim etish bilan birga, keyingi paytlarda advokatlar tomonidan yuridik yordam ko‘rsatishning tadbirkorlik sub'ekti va advokat o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida yuridik shaxsning yoki individual tadbirkorning joriy faoliyatini huquqiy ta'minlash shakli tobora keng yoyilmoqda.
Advokatura to‘g‘risidagi ilm, shuningdek, davlat organlari (prokuror nazorati, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, ijroiya ishlab chiqarish va sh.k.) faoliyatining tuzilishi, tashkil etilishi, faoliyat tartibini o'rganuvchi ilmlar bilan ham bog‘liq, bundan tashqari, advokatura to‘g‘risidagi ilm ushbu ilmlar sirasiga kiradi, zero u xarakteriga ko‘ra ommaviy va mazmuniga ko‘ra huquqni muhofaza qilishga oid bo‘lgan advokatlik faoliyatini o‘rganadi.
Advokatura to‘g‘risidagi ilm uchun bir qator eng muhim muammolarni boshqa huquqiy ilmlar bilan chambarchas bog‘liqlikda hal etish mumkin. bundan muammolarga, jumladan, barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro munosabati mexanizmini ishlab chiqish kiradi. Ular oldida umumiy maqsad turadi - qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlash, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoyalash.
Advokatura to‘g‘risidagi ilm uchun eng muhim bo‘lgan bir qator muammolarni faqat boshqa huquqiy ilmlar bilan chambarchas bog‘liqlikda hal etish mumkin. Shunday muammolarga, jumladan, barcha huquqni muhofaza qilish organlarining o‘zaro hamkorligi mexanizmini ishlab chiqish kiradi. Ularning oldida umumiy maqsad turadi - qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlash, fuqaroning huquq va erkinliklarini himoya qilish. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini o‘rganuvchi barcha ilmlar uchun umumiy vazifalar qonun buzilishi sabablarini, jumladan jinoyatchilik sabablarini aniqlash, tahlil qilish va umumlashtirishdan, huquqbuzarlik miqdorini kamaytirish vositalari va uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
Advokatura to‘g‘risidagi ilm, shuningdek, turar joy, oila, meros, mualliflik, mehnat, ekologik, yer, suv huquqi kabi ilmlar va boshqa tarmoq yuridk ilmlari bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Zero advokat yordami qonunchilikning amalda barcha tarmoqlarida mustahkamlab qo‘yilgan jismoniy va yuridik shaxs huquqlarining buzilishida kerak bo‘lishi mumkin. buzilgan yoki bahslashilayotgan huquqni himoya qilish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirarkan, advokat u yoki bu tarmoqda erkin harakat qilishi, tegishli sohada qonun qo‘llanilishi amaliyotini bilishi lozim.
Advokatura to‘g‘risidagi ilm bilan xalqaro huquqni o'rganuvchi ilmlar (xalqaro ommaviy huquq, xalqaro xususiy huquq) o‘rtasida ham bog‘liqlik mavjud.
Advokatura to‘g‘risidagi ilm amaliy yuridik ilmlar:sud tibbiyoti, kriminalistika, kriminologiya bilan ham bog‘liq.
Shu tariqa, advokatura to‘g‘risidagi ilm va o‘quv yo‘nalishi amaldagi barcha yuridik ilmlar va o‘quv yo‘nalishlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Lekin uni
ommaviy va xususiy huquq - jinoiy, fuqarolik, ma'muriy va boshqa huquqlarga oid yuridik ilmlarning bir qismi sifatida qabul qilish noto‘g‘ri bo‘ladi. Gap shundaki, muayyan tarmoqlararo, tarmoq va maxsus yuridik ilmlar, hatto ular advokaturaga va advokatlik faoliyatiga taalluqli masalalarni bevosita o‘rganganida ham, ularni o‘z predmetidan kelib chiqib o‘rganadi va advokatura institutining o‘ziga xosligini va advokatlik faoliyatining xos xarakterini e'tiborsiz qoldiradi.
Advokatura to‘g‘risidagi ilm to‘laqonli mustaqil yuridik ilm bo‘lib, huquqni muhofaza qilish faoliyatini o‘rganuvchi ilmlar doirasiga kiradi. Ilm va o‘quv yo‘nalishi sifatida u o‘z predmetiga va o‘zining ilmiy uslublariga ega va boshqa, tarmoqlararo, tarmoq va amaliy xarakterdagi yuridik ilmlar hamda o‘quv yo‘nalishlari bilan o‘zaro aloqa va o‘zaro munosabatlarga ega.
NAZORAT SAVOLLARI:

  1. “Advokatura” fani predmeti nima?

  2. “Advokatura” fanining umumiy tavsifini bering?

  3. “Advokatura” fanining yuridik kadrlar tayyorlashdagi dolzarbligi nimada?

  1. vaziyat.

Tushunchani to‘g‘rilang, advokatlik faoliyati tamoyillarini ochib bering:
Advokatlik faoliyati advokatlik maqomini olgan shaxslar tomonidan ishonch bildiruvchilarga, ularning huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoyalash maqsadida ko‘rsatiluvchi faoliyatdir.

  1. BOB

ADVOKATURA - FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTI SIFATIDA
Fuqarolik jamiyati va advokatura. Advokatura instituti tabiatining dualistik xarakteri. Advokaturaning maxsus huquqga layoqatliligi. Advokatura va yuridik yordam. Advokatura va mustaqillik.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin