V-- -IV---.
G’azal baytlarining ma’no-mazmuni quyidagicha:
Vaslning davosi qadrini hajr dardiga chalingan bemordan so’ra,
Toza zavqning shavqini diydorga tashna bodgandan so’ra (matla’).
So’zlashmoqqa kelib, labing sirini mendan o’zgadan so’rama,
Bu pinhon so’zni bir sirlardan voqif bodgan(kishi)dan so’ra (2-bayt).
Ko’z yosh(to’kish)laringning ahvolin g’ofil (bexabar kishi) qayoqdan ham bilsin,
Yulduzlaming sayrini kechasi tongga qadar uxlamay chiqqan(odam) dan so’ra (3-bayt).
Sho’x ko’zlaring javrini chekkanlardan xabarsiz bo’lma,
Xabarsiz mastlar bergan azoblami hushyor bo’lgan (odam)dan so’ra (4-bayt).
G’amingdan shamdek yondim, shamoldan ahvolimni so’rama,
Bu ahvolni hijron kechasida men bilan do’st bo’lgan(odam)dan so’ra (5-bayt).
Ey ishqim shomining xarobi (boTgan yor), nargis(guli)dek mast ko’zlaring holimni biladi,
Xarobot ahli(mastlar, ya’ni Allohga oshiq bo’lgan so’fiylar)ning ahvo- lini xumor (mastlikdan keyin bosh og’rig’i) bo’lgan(odam)dan so’ra (6-bayt).
G’ofil (bexabar) zohid (tarkidunyo qilgan kishi) muhabbat lazzatini bilmaydi,
Fuzuliy, ishq zavqini ishqi bor(odam)dan so’ra (maqta’).
G’azal ishqiy mavzuda bitilgan. Ammo ishq bu yerda bir yigitning bir qizga muhabbati tushunchasiga qaraganda juda keng ma’noda talqin etilgan. Tasawufda ishq inson uchun tirik- likning ma’no-mazmuni, maqsad-muddaosi sifatida talqin etila- di. Bu g’azalda ham aynan ana shunday tasawufiy ma’nodagi ishq g’oyasi ilgari surilgan. Baytlar ma’no-mazmunidan ishqqa mubtalo bo’lgan kishi bilan ishqdan bexabar odam o’rtasidagi farq ochib boriladi.
Matla’da chin oshiqning ahvoli bayon etilib, uning timsoli o’quvchi ko’z oldida gavdalantiriladi. Ikkinchi baytda lirik qah- ramon o’zini ham ana o’sha chin oshiqlar safida qilib tasvirlay- di. Tasawufda, Alloh insonni о zini sevdirish uchun yaratgan, deb qaraladi. Biroq buni hamma ham bilavermaydi. Bu yashi- rin sirdan voqif boTganlar, ya’ni so’fiylar bor. Bu sir mohiya- tini o’shalardan so’rash kerak. Chunki ishq yoTida ko’z yoshi to’kayotgan kishining ahvolini, yulduzlaming sayrini, ya’ni dun- yoning tuzilishi va mohiyatini g’ofil odam qayoqdan ham biladi, buni kechalari tongga qadar uxlamay, kuzatib chiqqan odamdan so’rash kerak. Bu bilan shoir tasawufda pir tutish an’anasi zaruratiga ishora qilyapti. Bilganlar bilan suhbat tutish
g’oyasi to’rtinchi va beshinchi baytda ham davom etadi. 01- tinchi baytga kelib bevosita gap borib “xarobot ahli”g& ulana- di. “Xarobot ahli” deganda tashqi tomondan mayxo’rlar guruhi tushuniladi. Ammo ramzan Allohga oshiqlar, ya’ni so’fiylar ham ularga o’xshatiladi. Zimdan bu yerda ana shu so’fiylar nazarda tutilgan. Ya’ni, oshiqlikning ahvolini kechasi bilan ishq yo ‘lida yonib chiqqan kishi yaxshi biladi, chunki и ertalab xuddi mastlardek bosh og ‘rig 7 bo ‘ladi, bu ahvolni о ‘shalardan so ‘ra, deyiladi baytda.
G’azalda boshdan-oxir tazod san’ati ustunlik qiladi. Deyarli har bir baytda goh zimdan, goh oshkor tarzda ikki o’zaro zid tushuncha bir-biriga qarshilantiriladi. Baytlarda aynan kimdan so’rash targ’ib etilayotgan bo’Isa, mantiqan buning zamirida aynan kimlardan so’ramaslik kerakligi ham anglashilib boradi. Matla’da hamda oltinchi baytda xuddi shunday yo’l tutilgan. Lekin ikkinchi baytda qarama-qarshilik oshkor tusga kiradi: misralar oxiridagi “so’rma” bilan “so’r” shundan dalolat berib turibdi. Uchinchi baytda “mardumi g'ofil” (“bexabar kishi”) inkor etilib, sahargacha yulduzlar sayrini kuzatgan kishi ma’qul ko’rilyapti, ya’ni undan ustun qo’yilyapti. To’rtinchi baytda esa “hushyor” (ya’ni oshiq, chunki u doimiy tarzda hushyor bo’lishi kerak) timsoli “xabarsiz mastlar ”ga qiyoslanyapti. Beshinchi baytda lirik qahramon o’zining ahvolini “sabo ”(“shamol ”)dan emas, “hijron kechasida и bilan do’st bo’lgan”dan so’rashni uqtirmoqda. Maqta’ga kelib esa oldingi baytlardagi qarama-qar- shilikning mohiyati ochiladi - shu paytgacha ham oshiq timsoli zohid timsoliga qarshi qo’yib kelinayotgani ma’lum bo’ladi.
Oshiq kimligini bildik. U Alloh vasliga yetishga, buning uchun esa o’zini haddi a’losida, ya’ni oliy darajada komillikka yetkazishga chog’langan, buning uchun ikki olam sirini, dunyo- ni o’rganishdan tinib-tinchimaydigan kishi. Zohid esa - tarki dunyo qilgan, ya’ni jannatga tushish ilinjida bu dunyoning bor lazzatlaridan voz kechgan odam. Albatta, hayotsevar lirik qahramon bunday tarki dunyochilar bilan chiqisha olmaydi.
G’azaldagi nekbinlik (optimizm) mhi badiiy tasviming kuchi bilan tezda o’quvchiga yuqadi. Bu she’r mashhurligining siri ham - shunda.
“MANI JONDAN o’SONDIRDI...” G’AZALI
Dostları ilə paylaş: |