Uning ijodini 4 ta davrga bo‘ lish mumkin: 1) 1883-41-yillaxda - asosan yumoristik asarlarini yaratdi: “Biz ocherklari” “Pikvik” klubining maktublari”, “Oliver Tvist”; 2) “Dombi va o‘g‘li”, “Martin Ue
Uning ijodini 4 ta davrga bo‘ lish mumkin: 1) 1883-41-yillaxda - asosan yumoristik asarlarini yaratdi: “Biz ocherklari” “Pikvik” klubining maktublari”, “Oliver Tvist”; 2) “Dombi va o‘g‘li”, “Martin Uezlvit”;
3) 1849-59-yillar - hajviy asarlar yaratdi: “Devid Kopperfild”, “Sovuq uy”, ’’Mudhish zamonlar”, “Mitti Dorrit”; 4) 1860-70-уillar Dikkens qarashlarida umidsizlik kayfiyati ustunlik qilgan. “Ikki shahar haqida qissa”, “Katta umidlar”, “Bizning umumiy do‘stimiz”.
Birinchi chop etilgan asari “Biz ocherklari”( 1836) hikoya va ocherklar to‘plamida muxbir bo‘lib ishlagan davridagi asarlari jamlangan. Ularda London va uning aholisi hayotining turli jihatlari ochib berilgan. 1836-37-yillarda yozilgan birinchi romani “Pikvik klubining maktublari” asari chop etilgach, yozuvchi juda mashhur bo‘lib ketadi. 40-yillar ijodining eng yaxshi asari «Dombi va o ‘g ‘li» (1848) romani bo'lib, asar markazida yirik kapitalist savdogar Dombi turadi.
U o‘z korxonasining boyishi, rivoj lanishidan bo‘lak hech narsani tan olmaydi. O‘g ‘li tug‘ilganda farzand ko‘rgani uchun emas, balki korxona ishlarini davom ettiruvchi merosxo‘r tug‘ilganidan quvonadi. O‘g ‘li 6 yoshda vafot etadi. Birinchi xotini o ‘lgach, u Edit ismli ayolga uylanadi. Dombining odamlar bilan aloqasi savdo-sotiq munosabatlarini eslatadi (o'ziga xotin sotib oladi. Editga uyni bezab turuvchi buyum sifatida qaraydi).
Edit ish boshqaruvchi Karker bilan korxona pullarini o‘g‘irlab qochadi. Shundan so‘ng u qizi Florensini ham uyidan haydab chiqaradi. Qiz kambag‘al yigit Uolterga turmushga chiqadi. Bulaming barchasi Dombi oilasining inqirozgayuz tutishiga olib keladi. Asar oxirida Dombi o‘zgarib, kuyovi, qizi bilan gaplashadigan, nabirasi Polni sevuvchi kishi sifatida tasvirlangan.
Charlz Dikkensning asarlari ingliz jamiyatining barcha tabaqalarida birdek sevib o‘qilgani bejiz emas. Chunki yozuvchi barchaga yaxshi tanish bo'lgan narsalar: maishiy turmush, janjalkash xotinlar, qimorbozlar va qarzdorlar, yosh bolalarga zulm qiluvchilar, o ‘z to‘rlariga go‘l erkaklami ilashtiruvchi ayyor va uddaburontul xotinlar haqida yozdi.