Shanflyori va Dyuranti boshchiligidagi bir guruh fransuz yozuvchilari “realizm” terminining paydo bo‘lishiga sababchi bo'ldilar. Ular XIX asming 50-yillarida ushbu termin bilan haqqoniy, muallif munosabatisiz, borliqni aks ettirilishini atadilar. Realistik san’at o ‘z tadqiqotlarida fan kashfiyotlariga, awalambor, jamiyat rivoji haqidagi fanlarga tayanadi.
(Masalan, XIX asming 20-30-yillarida Angliya va Fransiyada tarix fanining rivojlanishi, buyuk ingliz iqtisodchisi Adam Smitning tannarx, jamiyatining sinfiy sutrukturasi haqidagi tadqiqotlari va b.). Realistik dunyoqarashining shakllanishida dunyoviy bilimlarda erishilgan kashfiyotlar ham katta ahamiyat kasb etdi.
(ХVIII asr o'rtalarida K.Linniy o‘simliklar va hayvonot dunyosining birinchi klassifikatsiyasini tuzdi, J.Byufon barcha jonzotlar umumiyligi va ular turlarining muhit almashuviga qarab o ‘zgarishi, J.Kyuvening tirik organizm a’zolari orasidagi aloqa va ulaming bir-biriga ta’siri haqidagi fikrlari va b.).
Fransuz adibi O.de Balzak hajii «Insoniyat komediyasi» so‘zboshisida Kyuve va Sent-Ilerlami tilga olib o‘tadi. Realizmning umumiy qonuniyatlarini ishlab chiqqan, milliy xususiyatlarini shakllantirgan yozuvchilar sirasiga Fransiyada F.Stendal, O.Balzak, P.Merime, G.Flober, Sh.Bodler, P.J.Beranje; Angliyada - Ch.Dikkens, U.Tekkerey, E.Gaskell, Sh.Bronte, J.Eliot; Amerikada- U.Uitmen, G.Bicher-Stou, romantizm ko‘proq saqlanib turgan Germaniyada esa H.Hayne va Fontanelami kiritish mumkin.
Fransuz realizmining shakllanishi mamlakatdagi muhim siyosiy voqealar bilan chambarchas bog‘liq. Ayniqsa, 1830-yilning iyul oyi- -da sodir bo‘lgan inqilob, 1831-34-yillardagi qo'zg'alonning ta’siri katta bo‘ldi. Chunki bu tarixiy voqealar Fransiyaning siyosiy haydtidagi ulkan burilishlarga turtki bo‘lib, qirol Lui Filipp monarxiyasini inqiroz holatga olib keldi.
1830-31-yillarda matbuotning nufuzi beqiyos darajada oshdiki, gazetalarda professional jurnalistlardan tortib talaba, etikdo‘zgacha o ‘z maqolalari bilan ishtirok etdilar. Fransuz adabiyotida tanqidiy realizm F.Stendalning “Qizil va qora” va “Parma ibodatxonasi” romanlari, Balzakning “Gorio ota”, “Gobsek”, “Yevgeniya Grande” asarlari, P.Merime novellalaridagi real voqelikka tanqidiy munosabatida ifodalanadi.