M. A. Kurbaniyazov mavzu: XIX asr nemis va ingliz romantizmi. Yevropa tanqidiy realizmi Reja



Yüklə 41,14 Kb.
səhifə11/17
tarix16.12.2023
ölçüsü41,14 Kb.
#183240
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
11-mavzu

Manfred obrazi orqali yakkalanib qolgan shaxs iztiroblari va fojeasini aks ettiradi. Manfred jamiyat aqidalaridan yuqori turuvchi, o'ziga xos qarashlarga ega boʻlgan mag'rur shaxs. U jamiyat va hayot qonunlariga qarshi turgan shaxs. Mutelik unga yot narsa. Italiyada Bayron ijodi gullab yashnadi. Bu davrda Italiyada karabanariylar rahbarligidagi xalq ozodlik harakati Avstriya bosqinchilariga qarshi avj olgan edi.

U ko'p o'tmay Italiya inqlobiy harakatining ishtirokchisiga aylandi. Boloniya, Rim, Venetsiya politsiyasi va uning do'stlarini doimo nazorat ostida saqladi. Bayronning tarixiy tragediyasi «Marks Falpero» Neapalda yozildi. Bu yerda 1820-yilning revolyutsiyasi g'alaba qozongan edi. 1821-yilda yozilgan «Kain» dramasida ham shoir «Injil» mavzusiga murojaat qildi.

Drama mifologik obrazlarni aks etgan bo'lsa-da, unda oddiy inson, uning hayotiy kechinmalari, huquqlari haqida fikr yuritiladi. Bayron romantizmdan realizmga oʻtishga ko'prik boʻlgan «Don Juan» she'riy romani ustida, Italiyada yashagan 1819-1824-yillar davomida ishladi. Bayron ijodining yuksak cho'qqisi bo'lgan «Don Juan» romani Ovrupa ijtimoiy hayotining satirik ensiklopediyasi bo'lib xizmat qildi.

Asar yakunlanmagan. Bayron 1924-yili Gretsiyaning qamaldagi Missolungi shahrida kurash maydonida halok boʻldi. U oʻz avlodlari xilxonasi Nyustedda dafn etildi. Bayronning ijodiy faoliyati isyonkorlik ruhi bilan sugʻorilgan. U inson shaxsiy kechinmalarini katta she'riy qudrat bilan ochib bergan ijodkordir.

Borliqni, inson va uni o'rab turgan dunyoning o ‘ziga xos tomonlarini aks ettiruvchi uslub sifatida realizmni ilk bor toshlarga o ‘yilgan suratlarda, antik davr asarlarida uchratishimiz mumkin. Biz Uyg‘onish davri, ma’rifatparvarlik davri realizmining o ‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida gapirishimiz mumkin, biroq realizm adabiy oqim sifatida XIX asming 30-40-yilIariga kelibgina to'Iaqonli shakllanadi.

“Realizm” (lot. r ealis — mavjud, haqiqiy) – adabiyotshunoslikda realizm termini tor va keng ma’nolarda qo‘llaniladi. Keng ma’noda iy voqelik) bilan real voqelik munosabatidan kelib chiqadi. Ya’ni bu holda realizm umumestetik tushuncha bo‘lib, hayotni reallikka muvofiq tasvirlashni, hayot haqiqatini bildiradi.


Yüklə 41,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin