• investitsiyalami jalb etish, investitsiya loyihalarining
amalga oshiri-
lishi monitoringida qatnashish;
• qishloqda ishlab chiqarish, ijtimoiy va bozor infratuzilmalarini rivoj
lantirish ishlarini tashkil etish;
• qishloq xo'jaligi suvdan foydalanuvchilariga m a’muriy tu m a n la r
bo'yicha suv berish limitlarini belgilash yuzasidan takliflartayyorlash va ularga
rioya etilishini
nazorat qilishda qatnashish;
• suv resurslaridan oqilona foydalanilishiga, ularning samaradorligini
oshirishga, suvdan foydalanishning bozor prinsiplari va mexanizmlarini joriy
etishga, suvdan foydalanuvchilar tomonidan suvning hisobga olinishini tashkil
etishga ko'maklashish;
• limitlangan suvdan tejab foydalanish uchun viloyat suvdan foydalanuv-
chilari rag'batlantirilishini tashkil etish;
• xo'jaliklar ichidagi gidromelioratsiya tizimlaridan foydalanish ishlarini
va sug'oriladigan yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash, shuningdek,
suvdan foydalanishni hisobga olishni tashkil etish va uni rivojlantirish cho-
ra-tadbirlarini muvofiqlashtirish;
• viloyatda suvdan foydalanuvchilar uyushmalari
tashkil etilishi, faoli
yat ko'rsatishi va rivojlanishida ko'maklashish;
• O'zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo'jaligi vazirligi tarkibiga
kiruvchi, zimmasiga nazorat funksiyalari yuklangan viloyat inspeksiyalari
faoliyatini muvofiqlashtirish;
• kadrlar bilan ishlashni takomillashtirish, ularning malakasini oshirishni
tashkil etish.
Dostları ilə paylaş: