2 .6 . 0 ‘zR qishloq va suv x o ‘jaligi vazirligi faoliyati
Vazirlik o‘z faoliyatida 0 ‘zR Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi. Vazirlik
qishloq, suv va o ‘rmon xo‘jaligi sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi, o‘ziga
yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, o ‘z tasarrafida-
gi respublika organlari va hududiy organlar orqali hal etadi (2.8-chizma).
Quyidagilar vazirlikning vazifalari hisoblanadi:
• qishloq xo‘jaligini zamonaviylashtirish va barqaror rivojlantirishga
qaratilgan yagona agrotexnika
siyosatini amalga oshirish;
• zamonaviy agrotexnologiyalarni takomillashtirish va qishloq xo'jaligi
ishlab chiqarishi tarmoqlariga joriy etish;
• qishloq xo'jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga bozor prinsiplari va
mexanizmlari asosida xizmat ko‘rsatayotgan tarmoqlar, bo‘g‘inlar va tuzil-
malar faoliyatini
muvofiqlashtirish;
• agrar sektorda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, ijara munosa-
batlarini,
oila pudratini, fermer xo‘jaliklarini keng rivojlantirish ishlarini
muvofiqlashtirish;
• qishloq xo‘jaligini yuritishni va qishloq xo'jaligi ekinlarini navlar
bo'yicha joylashtirishni takomillashtirishga
doir tavsiyalar ishlab chiqish;
• seleksiya, urug‘chilik, naslchilik ishlari,
veterinariya,
0
‘simliklar ka-
rantini sohasida davlat siyosatini olib borish hamda chorvachilik, parran-
dachilik va baliqchilik mahsulotlari xavfsizligini ta ’minlash;
• irrigatsiya tizimlarini havzalar bo'yicha boshqarish prinsiplari asosida
yer usti suv resurslarining davlat boshqaruvini
amalga oshirish va barcha
darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish;
• davlat suv xo‘jaligi tizimidan foydalanilishini va uning zamonaviy-
lashtirilishini ta ’minlash;
• ilgaridan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va
yangi yerlarni o ‘zlashtirish chora-tadbirlarini
amalga oshirish;
• qishloq, suv va o'rm on xo‘jaligida investitsiya siyosatini ishlab chi-
qishda qatnashish;
• yer va suv resurslaridan foydalanish to ‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga
q at’iy rioya etilishini ta ’minlash;
• o‘rmon xo‘jaligidan foydalanish, uni qo'riqlash, himoya qilish va rivoj
lantirish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
• o ‘ziga qarashli tashkilotlar va korxonalarni ilmiy-texnik va axborot
bilan ta ’minlash;
• qishloq, suv va o'rm on xo'jaligi rahbarlari va mutaxassislarini o'qitish,
qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirish;
• qishloq xo‘jaligida o ‘simliklami kimyoviy va biologik himoya qilish,
0
‘simliklar kasalliklarining oldini olish va qishloq xo'jaligi zararkunandalariga,
60