Q o’ng’iroq:O’qing,bilim oshiring,
Maktab tomon shoshiling.
Fanlar bizda xilma-xil,
Bilimingiz oshar yilma-yil.
O’quvchilar:Salom,jonajon maktab,
Bag’ringga keldik quvnab.
Chalinganda qo’ng’iroq,
Sho’xliklar ketdi yiroq.
Madhiya kuylanadi
O’qituvchi:Yurtda shodiyona.Mamlakatimiz bayramlar og’ushida.Har sohada bunyodkorlik.Quvonchlar qo’sha-qo’sha.Kecha orzu qilganimiz shirin xayollar bugun haqiqatga aylandi.Boshimizga baxt qushi qo’ngan yorug’ kun-xalqimizning dil muddaosi,eng ulug’,eng aziz oliy ne’mat-Mustaqillik kuni barchangizga muborak bo’lsin!
Qo’ng’iroq:Mustaqillik-o’zlikni,o’zni anglash degani,
Mustaqillik-o’z qalbing hissin tinglash degani.
Mustaqillik degani nurli dunyo degani,
Mehr-la shu dunyoga sochgil ziyo degani.
II.O’tilgan mavzuni so’rash
O’qituvchi:Qo’ng’iroqjon,bugungi ilk sabog’imiz bilan Vatanni sevmoq,uni ardoqlamoq,unga munosib farzand bo’lib ulg’aymoq orzusi,bolajonlarning jajji yurakchalaridan chuqur joy oladi degan umiddaman.
O’qituvchi:Bolajonlar bayramlar nimasi bilan fayzli?
O’quvchilar:Sovg’alari bilan
O’qituvchi:Ha har bir bayramda tabriknoma va sovg’alar tayyorlanadi.Bugungi darsimizda ham men barchangizga sovg’a tayyorladim.
Qo’ng’iroq sovg’alarni ulashadi
Sizlar dars davomida faol ishtirokingiz va to’g’ri javobingiz uchun rag’bat-doira olasiz va sovg’angizga yopishtirib tabriknoma tayyorlaysiz.
Dars so’ngida eng ko’p rag’bat yig’gan o’quvchi aniqlanadi.
G’olib o’quvchiga bilim boyligi bo’lmish-kitoblar sovg’a qilinadi.Sizlardan faqat chaqqon va hushyor bo’lish talab qilinadi.
Q o’ng’iroq:Ruxsat bersangiz bolajonlar uchun yoz bo’yi tayyorlab qo’ygan savollarimni bersam.
Rangi har xil,
Nomi bir xil bu nima?
Hamma:Qalam
Qo’ng’iroq o’quvchilarga qalam maketini tarqatadi va unda so’zlar yozilgan bo’ladi.O’quvchilar so’zlarni o’z o’rniga qo’yishi kerak bo’ladi.
“Qalamlar quyoshi” metodi.Bunda “Vatan”,”Mustaqillik”,”Ramz” so’zlariga ta’riflar berishadi va quyoshni hosil qilishadi.
Dostları ilə paylaş: |