M. G. Safin, yu. S. Ruziyev, B. S. Aliqulov biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi



Yüklə 1,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/84
tarix01.10.2023
ölçüsü1,74 Mb.
#151398
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84
 
 
 
12-Rasm. 
Xolesterindan steroid gormonlarning sintezlanish yo`llari 


- 94 - 
9.2. Sanoat miqyosida amalga oshirila boshlagan transformatsiyalar. 
Transformatsiyalash 
Steroid gormonlar hosil bo`lishida dastavval asosiy oraliq mahsulot-pregnenolon 
hosil bo`lib, undan keyinchalik steroidlar va kortikosteroidlar biosintezlanadi. 
Pregnenolondagi 3-OH ning C=O gacha oksidlanishi qo`sh bog`ning siljishi orqali 
yuz beradi, bu ketosteroidizomeraza reaksiyasining mahsuloti bachadon va sariq tana 
gormoni-progesteron hisoblanadi. 
Pregnenolon shuningdek erkak (testosteron) va ayol (estrogenlar-estron, 
estradiol) jinsiy gormonlarini dastlabki manbayi vazifasini bajaradi. Buyrak usti 
bezini po`stloq qismida progesteron, kortikosteron va kortizol (gidrokortizon) ga 
aylanadi. Hozirgi kunda kortizol (gidrokortizol) va uning prednizolon yoki 
deksametazon kabi analoglari tezkor terapiyada keng foydalaniladi. Bu moddalarni 
kimyoviy 
tuzilishiga 
qarab 
11-dezoksisteroid, 
11-gidroksisteroid, 
11,17-
digidroksisteroid (bunga kortizon va gidrokortizon kiradi) larga bo`lish mumkin 
bo`ladi. 
Kortizon gidrokortizon 
 
Steroidlarning asosiy mikrobiologik almashinuvlari
. Yuqorida keltirilgan 
qimmatli dorivor preparatlarni sanoat miqyosida ajratib olish mikrobiologik 
kimyoni, xususan mikrobiologik transformatsiya uslublarini ishlab chiqlishi bilan 
bog`liq bo`ldi. Keltirilgan dorivor moddalarni ajratib olishda xom-ashyo sifatida 
o`simlik mahsulotlari-diosgenin, stigmasterin va keyingi paytda beta-sitosterinlar 
xizmat qilmoqda. 12-Jadvalda steroidlarni transformatsiyasi natijasida sanoat 
miqyosida ishlab chiqariladigan ba`zi gormonlar keltirilgan. 

Yüklə 1,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   84




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin