M. H. Ahmedov, M. R. Shermatov


Ko‘l baqasi – Rana ridibunda Pall



Yüklə 1,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/55
tarix30.03.2022
ölçüsü1,91 Mb.
#54474
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
fargonaning umurtqali hajvonlari

Ko‘l baqasi – Rana ridibunda Pall.  

 

Dumsiz, suvda va quruqlikda yashovchilar turkumining bir turi, suv baqalari 



oilasining  baqalar  urug„iga  kiradi.  O„rta  Osiyoda,  jumladan,  O„zbekistonning 

hamma tumanlarida keng tarqalgan. Hayoti suvda yoki suv yoqalarida o„tadi. 

Bunga  sabab  terisi  o„ta  suv  o„tkazuvchanligidandir,  namlanib  turmasa,  teri 

qurib qoladi. Terida har xil bakteriotsit suyuqlik ajratuvchi bezlarning ko„p bo„lishi 

xarakterli.  Rangi  ko„pincha,  yashil  bo„ladi.  Bironta  xavf  tug„ilsa,  sakrab  suvga 

sho„ng„iydi. Orqa panjalarida pardalar yaxshi 

rivojlanganligi  uchun  yaxshi  suzadi.  Nafas 

olishning  50  foizi  teridan  bo„lganligi  uchun 

suv ostida uzoq vaqt tura oladi. Erkaklarining 

og„iz  burchagida  shishib  chiqadigan  tovush 

qopchalari - rezonatorlari bor. Ko„l baqa faqat 

tirik  harakat  qilayotgan  o„ljasini  tutib 

ovqatlanadi.  Har  xil  hasharotlar  uning  ovqati 

bo„lib 


xizmat 

qiladi. 


Jumladan, 

pardaqanotlilar, arilar, har xil chuvalchanglar, 

shilliqurt,  suvda  yashovchi  hasharotlar,  baliq 

chavaqlari va boshqalar. 

Kuzda 

havo 


sovishi 

bilan 


suv 

yoqalaridagi  kamarlar  ichida,  suv  tubidagi 

loyqalar tagida 50-60, baozida 500 donagacha 

to„planib  o„ralar  hosil  qiladi.  Bahorda 

uyg„onib,  aprel-may  oylarida  erkaklari  o„ziga  xos  tovush  bilan  sayraydi. 

Urg„ochilar  5000  dan  10000  donaga  qadar  uvildiriqlarni  suv  o„tlariga  ilashtirib 

qo„yadi.  It  baliqlari  iyun  oxirlariga  metomorfozini  tugatib  yosh  baqachalarga 

aylanadi.  Ko„l  baqasi  zararli hasharotlarni  qirish bilan katta  foyda  keltirsa,  sun‟iy 

baliqchilikka  baliq  chavoqlarini  eyishi  bilan  zarar  ham  keltiradi.  Ko„l  baqasining 

kushandalari ko„pgina qushlar, chiyabo„ri, tulkilardir. 

Ko„l  baqasidan  ilmiy-tekshirish  institutlarida,  ta‟lim  muassasalarida 

laboratoriya tajribalarida foydalaniladi. Ko„l baqasini himoya qilish zarurligi keng 

omma orasida tushuntirilishi maqsadga muvofiq. 

 

 




 

12 



Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin