SUDRALIB YURUVCHI HAYVONLAR SINFI
Sudralib yuruvchi hayvonlar sinfi mezozoy erasida Yer sharida keng
tarqalgan bo„lib, 11 turkumga ajralgan. Hozir ularning to„rtta turkumigina
yashaydi. Sudralib yuruvchilarning 6 mingga yaqin turi bo„lib, shundan Farg„ona
vodiysida 40 dan ortiq turi uchraydi. Farg„ona shahri uchun xarakterli bo„lgan
vakillarga to„xtalib o„tamiz.
Bo‘z fotmanchig‘i, bo‘z gekkoni – Gymnodactylius russowi Str.
Kaltakesaklarning bir turi. Tangachalilar turkumining gekkonsimonlar oilasiga
va yaydoq barmoqli gekkonlar urug„iga kiradi. Bo„yining uzunligi 11-12 sm,
bundan yarmi boshi bilan tanasiga to„g„ri keladi. Bu gekkon O„rta Osiyo
respublkalarida keng tarqalgan. Farg„ona shahrida yoz oylarida kun botishi bilan
mayda qushlarning sayrashiga o„xshash tovush chiqarib, devor karnizlarida, daraxt
va buta o„simliklarida, soylar bo„ylarida o„ljasini kutib turadi. Rangi to„q yoki och
kulrang bo„ladi. Kunduz kunlari devor yoriqlarida, tosh, kesak oralarida, har xil
kovaklarda berkinib yotadi. Qishki uyquni ham shunday yerlarda o„tkazadi. Qishki
uyqudan mart oyi oxirlarida uyg„onadi, may oylarida pergament pustli oqish
kulrang tuxum qo„yadi (1-2 tadan bir
necha marta). Ba‟zida bir nechtasi bir
yerga tuxum qo„ygani uchun 15-20
donasi to„planib qoladi.
Bo„z
kaltakesak
ari,
chumoli,
qo„ng„iz, pashsha, chivinlar bilan
ovqatlanib foyda keltiradi. Shimoliy
Amerikada pashshalarga qarshi kurash
uchun uylarda maxsus ko„paytiriladi.
Dostları ilə paylaş: |