bilan iste’molchi o‘rtasidagi aloqalarning rivojlanishiga yordam
beradi, 0 ‘zining iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida
yetkazib beruvchi ham «ham kor — iste’molchi» talablarini
bajarishga, ham m ahsulotni yetkazish b o ‘yicha shartnom a
munosabatlarining rivojlanishi uchun sharoillarni yaxshilashga
intiladi.
Logistik qarashlarga amal qilish va gorizontal aloqalarni
rivojlantirib, korxonalar bir-biri bilan la’sischilarga xizmat ko‘rsa-
tish jarayonida yetkazish sifatini oshirishda va mahsulotni eng
kam xarajatlar bilan yetkazib borishda raqobatlashadi. Mahsulot
bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning mustahkam usuli bolib
logistika hisoblanadi.
Logistika talablarini bajarishning muhim sharti bo‘lib mahsu
lotni tayyorlash, omborga joylashtirish, tushirish, yuklash va
jo ‘natishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish yoMlarini qidirish
hisoblanadi. «Transport - ombor» amallariga ketadigan xarajat
larni kamaytirish ko‘p hollarda raqobatda va bozor munosabatlari
tizimida birinchilikni ta ’minlaydi.
Logistik boshqaruv mexanizminmg rivojlanishi va tadbiq etilishi
doimo moliyaviy zaxiralar va boshqa turdagi resurslarni jalb etish
bilan bog'liq.
Logistik tizim hamma bo‘g‘inlarining ishlash samaradorligiga
va bunda erishiladigan resurslar iqtisodiga, umuman iqtisodiy
islohotlarning samaradorligi, bozor munosabatlarining rivojlanishi
bogiiqdir.
Logistik amallar va xizmatlar xilma-xilligi xizmat ko‘rsatish
bo’yicha tashkilotlarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengay
tirish imkonini beradi. Oldinlari faoliyat ko‘rsatgan ulguiji savdo
bazalari va tashkilotlari kompleks xizmat ko‘rsatuvchi vositachi
tashkilotlarga aylanishmoqda, ular korxonalarga turli xil logistik
xizmatlar ko'rsatishadi.
Dostları ilə paylaş: