M. L. Tursunxodjayev Tashkent davlat texnika universiteli


Logistikani boshqarish vazifalari nimalardan iborat?



Yüklə 144 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/172
tarix20.11.2023
ölçüsü144 Kb.
#161883
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   172
LOGISTIKA. Umarova D.M

11. Logistikani boshqarish vazifalari nimalardan iborat?
12. Logistik boshqaruvning funksiyalari haqida nimalarni bilasiz?
13. Logistikani boshqarish tuzilmasi turlari haqida gapirib bering.
14. Sanoat korxonalarida logistika bo ‘liminmg vazifalari nimalardan iborat?
15. M ateriallar oqimi boshqaruvi tizimini takomillashtirish yo'llari qanday?


IV BOB. TAQSIMOT LOGISTIKASI
Reja:
1. Taqsimot logistikasining ohyekti, predmeti va funksiyalari.
2. Taqsimot logistikasining sohalarda qo‘llaniIishi va o ‘zaro hamkorligi.
3. logistik tizimda mahsulotlar taqsimotining asosiy kanallari va vositalari.
4. Taqsimotni boshqarish tizimlari va strategiyasi.
4.1. Taqsimot logistikasining obyekti,
predmeti va funksiyalari
Taqsimot logistikasi tushunchasi. 
Taqsimot logistikasi — bu 
turli ulguiji xaridorlar o'rtasida m ateriallar oqimini taqsimlash 
jarayonida, y a’ni tovarlam i ulgurji sotish jarayonida am alga 
oshiriladigan bir-biri bilan bog'liq faoliyatlar majmuasidir.
Taqsimot logistikasining asosiy maqsadi kam xarajatlar bilan 
kerakli tovarlami kerakli vaqtda kerakli joyga yetkazilishini ta’m in­
lash. Talablarni aniqlash va ularga qiziqtiradigan omil topish bilan 
shug'ullanadigan marketingdan farqli ravishda taqsimlovchi logis­
tika kam xarajatlar bilan marketing tom onidan shakllangan talabni 
qondirishga xizmat qiladi.
Bunda iste’molchining asosiy mahsulotga bo'lgan ehtiyojini 
qondirishda quyidagi vazifalardati kelib chiqish lozim: tovarni o ‘z 
vaqtida yetkazib berish, buyurtm achining favqulotda talablarini 
qondirishga qodirlik, tovar ortish-tushirish ishlarida ehtiyotkorlik 
ko'rsatish, ishlab chiqaruvchining nuqsonli mahsulotlarni tez al- 
mashtirib berishga ham da tovar-moddiy zaxirani m a’lum darajada 
ushlab turishga tayyor turishi.
Demak, taqsim ot deganda m ahsulotni o ‘rash, ekspeditsiya 
qilish, sotuvni boshqarish, mol yetkazib beruvchining omborida 
tay y o r m ah su lo tn i saqlash, tay y o r m ah su lo t u c h u n om b o r 
xo‘jaligini, om bordan tayyor mahsulotni jo'natish uchun transport 
xo‘jaligi tushuniladi.
58


Taqsimot sohasida logistika strategik, tashkiliy, moliyaviy va 
boshqa o'zaro bog‘langan moddiy, axborot, moliyaviy noishlab 
chiqarish davridagi oqimlarning egiluvchan boshqamv tizim idan 
iborat.
Taqsimot logistikasining o'rganish obyekti deb yetkazib beruv- 
chidan iste’molchigacha moddiy oqim harakatining bosqichlariga 
aytiladi.
T ov arn in g is te ’m olchiga jism o n iy yetib b o rish jara y o n i 
taqsimlash logistikasining o'rganish predmetidir.
Taqsimot logistikasining asosiy funksiyalari quyidagilardir:
1. Xaridorlar talabini aniqlab, unga javob berish (qondirish)ni 
tashkil etish.
2. Tovar yetkazib berish, iste’molchilarga xizmat ко‘rsatish 
bo'yicha xo‘jalik aloqalarini o ‘rnatish.
3. Taqsimot kanallarining tashkiliy tizimini qurish.
4. Tayyor mahsulot zaxiralarini to ‘plash (yig‘ish), saralash va 
joylash.
5. Tayyor mahsulot, b o ‘sh idishlar, chiqindilarni transpor­
tirovka qilish.
6. Zaxiralarni boshqarish, tovarlarni konsolidatsiya (birlashuvi) 
qilish va tarqatish.
7. Tovar o ‘tishi (harakati)ning muqobil shakllarini tanlash va 
savdoni tashkil etish.
8. Tayyor mahsulot va logistik servis sifat standaitini qo‘llash.
9. Taqsimotni monitoring qilish va axborot bilan ta ’minlash.
Taqsimot logistikasi vazifalarining tarkibi ikki darajaga: ichki
va tashqi vazifalarga bo‘linadi. Ichki taqsimot logistikasi korxona 
darajasida quyidagi masaialarni hal etadi:
1. Buyurtma qabul qilib, uni bajaradi.
2. Sotuv jarayonini rejalashtiradi.
3. 0 ‘ram turini tanlaydi, komplektlash b o ‘yicha qaror qabul 
qiladi, shuningdek, jo ‘natishdan av’val bajarilishi zarur b o ig a n
operatsiyalarni tashkil etadi.
4. M ahsulotni jo ‘natishni tashkil etadi.
5. Yetkazib berish va tran sp o rt orqaii jo ‘natish nazoratini 
tashkil qiladi.
59


6. Sotilgandan keyingi xizmat ko ‘rsatishni tashkil etish.
Tashqi taqsim ot logistikasi vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Taqsimot kanali arxitekturasini (m e’morchiligini) tanlash.
2. Taqsim ot kanali ishtirokchilari bilan ishni tashkil qilish 
(savdo vositachilari).
3. Tayyor mahsulotning taqsim ot strategiyasini tanlash.
4. Baho belgilash strategiyasini tanlash.
5. M ahsulotni bozorga olib kirish bo'yicha tadbirlarni tashkil 
etish.
6. Korxona mahsulotining bozordagi holatini nazorat qilish va 
maqsadli segmentlardagi mahsulot pozitsiyasining tahlili.
7. Mijozlar bilan ishlash va sotuvdan keyingi xizmat ko'rsatishni 
tashkil qilish.
Sotuv faoliyati bo'yicha nazariy va amaliy izlanishlar shuni 
ko‘rsatadiki, sotuvni logistik modellashtirish m a’lum bir tamoyil- 
larga amal qilinsa yetarli darajadagi samaradorlikni oshirishga olib 
keladi. Bu tamoyillar 

Yüklə 144 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin