yatlarida foydalanadilar va davrning asosiy buyurtmachisiga aylanib, uning o'ziga xos tomonini belgilashda muhim rol o‘ynadilar. Buni xristian dini tarqalgan yerlarda cherkovlar, islom dini mamlakatlarida masjidlar, buddizm mavjud boigan joylarda budda va uning hayoti bilan bogiiq ziyoratgohlar, ibodatxonalar paydo boiishi, uning konstruktiv to‘zilishi, xarakteri, badiiy bezatilishida ko‘rish mumkin. 0 ‘rta asrlarda me’morchilik yetakchi o‘rinni egallaydi. Bizga- cha o‘rta asrlar me’morlik san’atining juda ko‘p nodir yodgorliklari saqlanib qolgan. Bu yodgorliklar, ayniqsa, monumental me’morlik san’ati o‘rta asrlar ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotini o‘rganishda muhim o‘rinni egallaydi. Ular davrning diniy, falsafiy kurashlarini aks ettiribgina qolmay, inson aql-zakovatining qudratini ulugiaydi. Bu davrda qurilgan Yevropadagi ibodatxonalar, musilmon sharqi- dagi xashamatli masjidlar, buddizm yodgorliklari o‘rta asr tafakkuri- ning mahsuli, insoniyat tarixining xaykali sifatida xanuzgacha kishilar qalbini toiqinlantiradi. Buyuk inson aql-zakovati qudratiga ta’zim etishga da’vat etadi. 0 4rta asming muhim madaniyat o‘choqlaridan biri Vizantiya dav- latidir. Sharqiy Rim imperiyasida 395-yili vujudga kelgan bu davlat 1453-yilgacha yashadi. Varvarlar xujumidan bir muncha chetda boigan bu davlat uzoq vaqt antik hayoti va madaniyati an’analarini saqlagan holda, asta sekinlik bilan yangi farmatsiyaga-feodalizmga o‘ta boshladi. Bu yerda antik arxitektura an’analari e’zozlandi va davom ettirildi. Shu bilan birga, bu an’analar mustahkamlanib borayotgan feodalizm qoyalari, xristian dini idealogiyasi bilan boyitildi. Vizantiya arxitekturasida