M muxamedova


Tosh konstruksiyaning umumiy usullari


səhifə25/237
tarix13.12.2023
ölçüsü
#174868
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   237
Muxamedova M. Me\'morchilik asoslari

Tosh konstruksiyaning umumiy usullari
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, Misrda toshdan bunyod etilgan 
inshootlar tosh plitalardan naqshdor shipli zallar qatorini tashkil etadi. 
Oddiy hollarda shift plitalari oraliq tayanchlarsiz bevosita bino devor- 
laridan joy oladi. Biroq bu sodda usulni qoilash amalda 4-5 metrdan 
oshmaydigan plita uzunligi chegaralanganligi sabab qiyinchilik 
tug‘diradi. Oraliqlar oichami katta bo‘Iganida esa uni 
V
ustunlar bilan 
bo‘laklarga boiib chiqishgan-da, ularga bogiovchi tosh to‘sinlami 
joylashtirishgan, ular ustiga esa - ko‘hna dunyoning bizga maium 
Sfinks ibodatxonasidagi kabi shift plitalarini joylashtirishgan59.
Materiallar.
- Oddiy misrliklar ohaktosh va qumtoshdan foydala- 
nishgan. Bu tosh jinslari birgalikda ishlatilganida, odatda qumtoshdan to - 
sin yasashgan. Granit juda kam ishlatilgan, ganch esa faqat istisno holat- 
larda.
Toshlarni tarashlash va taxlash.
Karnak ibodatxonasining ay rim 
saqlanib qolgan ustunlariga qarab xulosa chiqaradigan boisak, misrlik­
lar toshni taxlashdan oldin faqat vertikal yoriqlar va o‘rin tomonini 
siljitishgan; toshning yuza tomoni esa inshoot bitganidan keyin xomaki 
tarashlangan. Keyinchalik yunonlar bu usuldan foydalanishgan60.
4
Auguste Choisy. The History of Architecture. London. 2009. P-35. (Опост Шуази. Всеобщая история 
архитектуры. ООО Издательство ЭКСМО 2009 Jdtobining ms tilidagi talqinidan foydalanilgan).
” Auguste Choisy. The History of Architecture. London- 2009. P -ll (Опост Шуази. Всеобщая история 
архитектуры. ООО Издательство ЭКСМО 2009 kitobming rus tilidagi talqinidan foydalanilgan).
Auguste Choisy. The Histoiy of Architecture. London. 2009. Р-15(Опост Шуази. Всеобщая история 
архитектуры. ООО Издательство ЭКСМО 2009 kitobming rus tilidagi talqinidan foydalanilgan).
53


Toshlarni biriktirish usullari.
- Odatda toshlar toshlar qorishmasiz 
va boshqa sun’iy biriktiruvchilarsiz taxlangan. Aftidan, Fivan davrida 
metal 1 qisqichlar umurnan ishlatilmagan, faqat ahyon-ahyonda 
toshlarni o‘zaro biriktirish (Madinat-Abu, Abidos)yoki yorilgan 
monolitlarni jipslashtirish uchun qaldirg‘och qanoti shaklidagi yog‘och 
tutqichlardan foydalanilgan (Luksor yodgorligi)61.
Tosh taxlamlarida uchraydigan qorishma gil massasi ko‘rinishida 
bo‘lib, yomon kuydirilgan gips va ba’zida sopol uchraydi. Bunday 
qorishma faqat qalin devorlaming ichini toMdirishda (Karnakning katta 
ustunlari) yoki piramidalar massivlarida ishlatilgan. Ohak qorishmadan 
faqat suvoq yoki yomon yo‘nilgan toshlaming nuqsonini yashirishda 
foydalanilgan.
Devorlarni va binolar massiviarini qalash detallari. -
Devorlar va 
kolonnalami tiklash ulkan va murakkab ish sanalmagan; tosh konidan 
olingan toshlar shu holida ishlatib yuborilgan. Shu sababli nafaqat 
qalangan qatorlar turlicha balandlikka ega, balki hattoki bir qatoming 
o‘zida ham toshlar balandligi tez-tez o'zgarib turgan; misrliklar 
materiallaming sezilarli darajada ko'proq sarflanishiga olib keladigan 
toshlarni to‘g‘rilash, oichamlarini bir-biriga mutanosib qilish o‘miga 
bunday nomutanosiblikka e’tiroz bildirmaslini ma’qul ko‘rishgan.
Katta massivlarda, asosan piramidalarda, ko‘rsatilgan tiklashning 
uch usuli farqlanadi.
IT
П ГТГП
To£g‘ri qatorlar bilan tiklash 
—A.
0 ‘rinni bog'ichsiz tiklash -- 
B.
Qoplamalaming davomli qatorlari bilan tiklash -
E.


Tiklashning bunady usullari ish jarayonining o‘zidan kelib 
chiqqan. Piramidalarni tiklash yadro vazifasini o‘taydigan, unchalik 
katta bo‘lmagan markaziy piramidani tayyorlab, so‘ng uning 
oichamlarini doimiy ravishda kattartirib borishdan boshlangan62.
Misr ustunlari
Misr ustunlari qator vertikal tayanchlardan, tosh to‘sinlar va 
plitalardan ishlangan naqshdor yuqori qismdan iborat bo'ladi. Misrlik- 
lar mazkur konstruktiv manbalardan yaratgan kompozitsiyaga murojaat 
etamiz63. Ustun va kolonnalar yog‘och konstruksiya shakllariga taqlid 
qiladi64.
Sfinks ibodatxonasidagi (bizni birinchi sulolalarga olib o‘tadigan) 
ustunlar baza va kapitelsiz, to‘g‘ri burchakli to‘sin ko‘rinishidagi 
arxitravli tosh kvadrat prizmadir (1). XII sulola davrida Beni- 
Gassanning g‘or sag‘analarida kolonnalar ko‘p qirrali to‘g‘ri burchakli 
kapitellali va undagi kapitellali ustunlardan iborat (2). Portik, ya’ni 
kolonnali peshayvon yumaloq yog'och materialdan yaxlit to‘shama 
sifatida tayyorlangan65. Greklaming dorik orderini eslatadigan bunday 
arxaik shakllar, aftidan, Misrda amalda unchalik rivoj lanmagan qadim 
me’morsozlik bilan bog‘liq. Biroq, Darselning ko‘rsatib o‘tishiga 
qaraganda, ko‘hna konstruksiyani o‘zida jo etgan bu konstruksiya, ilk 
bor uning shakl ini izohlab beradigan sharoitlarda uchraydi. Gap 
shundaki, bu konstruksiya ochiq maydonda, lekin qoyalar g‘orlarida 
qo‘llanilgan. Bu - shaxtalarda uchraydigan blindirli galereyalar 
tiplaridir. Bu nuqtai nazardan kolonna yog‘och ustundan, kapitel - pona 
vazifasini o‘taydigan yog‘och bolishdan, arxitrav bilan to‘shama esa -
blindaj tizimidagi to‘sin va yog‘och to‘shamadan iborat. Misr 
orderining barcha shakllari ko‘rsatilgan konstruksiyadan kelib chiqadi, 
ulaming grek orderlari bilan o‘xshashligi esa ehtimol shunchaki 
tasodifdir. Prizmatik kolonnalar shakllari XVIII sulolada va hattoki
62 Auguste Choisy. The World History of Architecture. London. 2009. P-l 5 (Onocr Шуази. Всеобщая 
история архитектуры. ООО Издательство ЭКСМО 2009 kitobining rus tilidagi talqmidan foydalanilgan)
63 Hi sta y o f Architecture A.D.F.Hamlin. A. M. Professor of the history of Architecture in the school of Architecture,
COLUMBIA, UNIVERSIRY, 1998 SEVENTH EDITION. P 30.(The five chief types of capital were: a, the plain lotus 
bud, as at Kamak, Great Hall; b, die clustered lotus bud (Beni-Hassan, Kamak, Luc or, etc.); c, the campaniform or 
inverted bell (centrat asiies at Kamak, Luxor, tbe Ramesseum); d, the palm-capital, frequent in the later temples, and 
e, the hathor-head, in which heads o f Hathor adorn the four faces o f acubical mass surmounted by a model of 
a
shrine.) 
M Auguste Choisy. The World History of Architecture. London. 2009. P.20-21 (Onocr Шуази. Всеобщая история 
архитектуры. ООО Издательство ЭКСМО 2009 kitobnirig rus tilidagi talqinidan foydalanilgan)
** Auguste Choisy. The World History of Architecture. London. 2009. P-22-25


keyinroq ham uchraydi; biz ulami Dayr-al-Bahrida, malika Xatshepsut 
yodgorligida va Karvakning Tutmos III qurilishiga oid qismlarida 
uchratamiz; ammo qadimiy konstruksiyalarni o‘zida aks ettirgan kamiz 
XVIII sulolasidan keyin uchramaydi66 (1). “Propileylar” (granit 
ustunlar) yanglish tarzda Sfinks ibodatxonasi deb atalgan Xafrenning 
marosim ibodatxonasiga tegishli boiib, IV sulola (eramizga qadar III 
ming yillik boshlari) davri me’morchilik uslubiga mutlaqo mos keladi. 
Bunda me’moriy mutanosibliklaming o'zgarishi quyidagilarda 
namoyon boiadi: bu ustunlarda balandlikning kenglikka nisbati 4:1 ga, 
keyinroq - 5:1 ga teng, V sulola oxirida ustunlami umuman kolonnalar 
siqib chiqargan. Tadqiqotchilaming fikriga ko‘ra, aynan mana shunda 
monumentallik, me’moriy lo‘ndalik yo‘qoiganligi o‘z aksini topdi. 
Ayrim shohidliklar (ustunning saqlanishi) O ita shohlik davrida 
uchraydi (Dayr-al-Bahrida Mentuxoteplarning marosim ibodatxonasi, 
eramizga qadar III ming yillik oxiri). Yangi shohlik ( Karnakda Tutmos 
III ning granit ustunlari, eramizga qadar XV asr)67.
0 ‘rta shohlik davrida Beni-Gassan dahmasi tashqi ravoqidagi 
kartellashgan kolonna nazarda tutilmoqda. Odatda, 0 ‘rta shohlik 
davrining bunday kolonnalari (eramizga qadar III asming oxiri - II 
asming boshi) 8 va 16 qirrali boiishgan (XI sulolaning Mentuxoteplar 
ibodatxonasi, Yangi shohlik davrida esa - 18 va 20 qirrali (Dayr-al- 
Bahridagi Xamtshepsut ibodatxonasi).

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin