M muxamedova


səhifə23/237
tarix13.12.2023
ölçüsü
#174868
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   237
Muxamedova M. Me\'morchilik asoslari

Qo‘shimcha adabiyotlar
7. Ubaydullayev X.M. Turar joy va jamoat binolarini loyihalashtirish 
tipologik asoslari. Т.: «0‘qituvchi», 2009.
8. Бартенев И.А. Форма и конструкции в архитектуре. Л., 1998.
9. Бартенев И.А., Батажкова В.Очерки истории архитектурных 
стилей.М, 2001.
10. Бунин А.В., Саваренская Т.Ф. История градостроительного 
искусства. -М., 1999.
11. Килпе Т.Л. Основы архитектуры. - М.: Высшая школа, 1999.
12. Тосунова М.И. Архитектурное проектирование,- М.: Высшая 
школа, 1998.
13. Сербинович П.П, Орловский Б.Й. Архитектура.- М.: Высшая 
школа, 2000.


QADIMGI MISR ME’MORCHILIGI
Reja:
1. Qadimgi Misr sivilizatsiyasining spetsifik asoslari.
2. Qadimgi podsholik me’morchiligi.
3. 0 ‘rta podsholik me’morchiligi.
4. So‘nggi podsholik me’morchiligi.
Misr davlati o‘zining qadim madaniyati, boy tarixi bilan boshqa 
rivojlangan davlatlar orasida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. 
Mismi ko‘p asrlik tarixi va madaniyati toshlarda, sarkofaglarda, 
rassomlaming asarlarida, usta-hunarmandlaming ijodlarida, me’mor­
chilik inshootlarida muhrlanib qolgan. Eramizdan 3000-yil burun 
rivojlana boshlagan, bu madaniyat rimlik istilochilar mismi egallab 
olgunga qadar, ya’ni eramizning 30-yillarigacha boigan davrni o‘z 
ichiga oladi. Misr madaniyatining shakllanishida Nil daryosi salmoqli 
o‘rinni egallaydi. Eramizdan awalgi 3200-yilga kelib, Misrda ikkita 
podsholik vujudga keldi. Janubda, Nuybiylar chegarasidan hozirgi 
Koxira yaqinidagi deltagacha boigan yerlar «yuqori Misr» ni tashkil 
etdi va u Xiyera Konpolis shahrini poytaxt qilib oldi. Quyi Misr 
Shimolda, ya’ni pastroqda, uncha katta boimagan lekin serhosil o‘rda 
joylashgan boiib, poytaxtni Butoda tashkil etdi.
Bu davrda Janubiy Misr podshosi Narmer o'zining kuchli 
qo‘shinlari bilan Shimolni bosib oldi va Misrda ikkita podsholikni 
birlashtirib, yagona davlatga asos soldi. Poytaxtni esa delta yaqinidagi 
strategik jihatdan juda ham qulay boigan Memfis shahriga ko‘chirdi. 
Demak, Narmemi arxaika davri birinchi sulolasining dastlabki fir’avni 
deyish mumkin. Tarixchilar qadimgi Misr madaniyati va me’morchilik 
san’ati tarixi haqida filer yuritganlarida davrlaming xilma-xilligini 
sulolalar orqali ko'rsatishni maqsadga muvofiq deb bilganlar. Hatto 
Misr payg‘ambari Manetxo eramizdan awalgi 300-yil burun birmchi 
boiib ana shu usulni qoilashni talab etgan.
Umuman, sulola oraligidagi vaqt boiib, shu vaqt ichida oilaning 
podsholik qilgan davri aks ettirildi. Masalan, Fransiyada Burbonlar, 
Angliyada Tyudorlar, 0 ‘rta Osiyoda Temuriylar, Russiyada Roma- 
novlar sulolalari mavjud boigan.


Odatda sulolalar juda ko‘p vaqtni o‘z ichiga oladi. Buni yaxshiroq 
tushunish uchun qo‘yida biz boshlanish vaqti eramizdan awalgi 3200- 
yil ekanligini unutmagan holda, qadimgi Misrdagi davrlar va sulolalar 
sonini ma’lum bir tartibda bayon etamiz.
I . Arxiaika davri.
I-va 2-sulolalar 3200-2700-yillar (eramizdan awal).
II. Qadimgi podsholik davri.
3-suloladan to 10-sulolagacha 2700-2100-yillar (eramizdan avval).
III. 0 ‘rta podsholik davri.
II-suloladan 13-sulolagacha 2100-1700-yillar (eramizdan awal).
IV. Giksoslar hukumdorligi davri.
14-suloladan 17-suloIagacha 1700-1555-yillar (eramizdan awal).
V. Yangi podsholik davri.
18-suloladan 24 sulolagacha 1555-712-yilIar (eramizdan avval).
VI. Misrliklarning so‘nggi davri.
25 va 26 sulolalar 712-525-yillar (eramizdan awal).
VII. Eronliklar hukumronligi davri.
27-suloladan 30 sulolagacha 525-332-yillar (eramizdan avval).
VIII. Yunon - Rim davri.
332 (eramizdan awal) 638-yillar.
Yunon va Rim hukumronligi davri makedoniyalik Iskandar, Rim 
va Vizantiya yurishlarini o‘z ichiga oladi.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   237




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin