qismi exinga taqaladi. Uning tepasida esa abaka bo‘lib, unga antab- lement qo'yiladi. Doriy orderi arxitravi tekis ishlangan. Friz esa metop va tringliflardan tashkil topgan. Ibodatxona tomi ikki nishabli bo‘lib, uning old va orqa tomonida hosil bo‘Igan uchburchakli maydon fronton deb atalgan Fronton va metoplar burtma tasvirlar bilan bezatilgan. Ibodatxonaning tomi burchaklariga akroteriyalar o‘matilgan. Arxaika davrida fronton va tringliflar yuzasi ko‘k, metoplar yuzasi qizil rang bilan bo‘yalgan. Ion orderi er. av. VII asr oxirlarida paydo boigan. U doriy orderidan o‘zining nafisligi, bejirimligi hamdja tag tomonida stilobatga qo‘yilgan tagkursining mavjudligi bilan ajralib turadi. Ion orderida tamovchali ustunning kapitelini ikki tomonga bo‘ralib to‘rgan jingalak sochini eslatuvchi shakl-valyuta va abak tashkil etadi. Arxitrav esa uchta gorizontal tasma tekislika ajratilgan. Friz lentasimon qilib ishlangan va bezaksiz120. Korinf orderi birmuncha kechroq - klassika davrida paydo bo‘ldi. U ion va devoriy orderiga nisbatan jijimador va ko'rkam, kapitelli akanf daraxti barglaridan tashkil topgan buketni eslatadi. Grek orderlari antik dunyo davlatlarida. Uyg‘onish davri va yangi dunyo me’morchiligida keng ishlatildi va rivojlantirildi. Ilk arxaika ibodatxonalari birmuncha past va uzunchoq qilib ishlangan. Ulaming ko‘rinishi vazmin va salobatli. Pestumdagi (Italiya) Gera ibodatxonasi (er. av. VI asr o‘rtalarida quriigan) shu xususda xarakterli korinfdagi Appolon ibodatxonasi (er. av. VI asr ikkinchi yarmida quriigan) perepter tipidagi doriy orderida ishlangan bo‘lib, uning old tomonida 6 yon tomonida 15 ustun o‘rnatilgan. Bu ibodatxonalarda ham arxaika me’morligining xarakterli tomonlari