yangidan-yangi bozorlami qoiga kiritishga Qora dengiz sohillaridagi mustamlakalari bilan oldi-sotdi ishlarini rivojlantirishga yangi imkoni- yatlar yaratdi. Afina eramizdan awalgi V asr o‘rtalariga kelib, butun grek olamining eng yirik madaniy va iqtisodiy markaziga aylandi. Grek klassikasi davrini shartli ravishda ilk klassika, yuqori va so‘nggi klassika davriga boiinadi. Ilk klassika eramizdan awalgi 490- 450-yillardagi eron-grek urushi davriga to‘g‘ri keladi. Bu davr san’atida realistik tendensiyalamining ortib borishi bilan xarakterlanadi. Ilk klassika davrida ko‘p me’morlik kompozitsiyalari yaratildi, ayrim shaharlar qayta tiklandi. Me’morlikda, asosan, peripter tipidagi ibodatxonalar qurilishi yetakchi o‘rinni egallaydi. Ular ko‘pincha doriy uslubida qurildi. Lekin ulaming har biri me’moming ijodiy yondoshishi natijasida o ‘ziga xos individual fazilatlar kashf etdi. Pestumdagi Gera ibodatxonasi (er. av. V asming birinchi choragi) bizgacha yaxshi saq langan. Unda ilk klassika me’morligiga xos fazilatlar ko‘zga ko‘rinadi. Binoning nisbatlari bir-biriga uyg‘un, detal va bezaklar o‘z o ‘mida ishlatilgan. Lekin binodagi primetivlik va og‘ir ko‘rinish uni arxaika davri bilan bogiaydi. Egine orolidagi Afina Afayn ibodat xonasi (er. av. 490 y. ) va ayniqsa, Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi o‘zining nisbatlar garmoniyasi, badiiy bezagining nafisligi bilan xarak terlanadi va grek me’morligining shox namunalaridan hisoblanadi. Zevs ibodatxonasi uchun ishlatilgan ustunhr uzaytirilib olinishi hisobiga binoga ko'rkamlik kiritilgan121. Ilk klassika davri me’morlik kompozitsiyalarini burtma tasvirlar bilan bezash san’ati Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasi burtma tasvirlarida yuksak darajaga ko'tarildi. 121
History of Architecture A.DFHamltn. A. M Professor of the histoiy of Architecture in the school o f Architecture,
COLUMBIA, UNIVERSIRY, 1998 SEVENTH EDITION. P-47(The Temple of Zeus at Olympia was an
ancient Greek temple in Olvmma. Greece, dedicated to the god Zeus. The temple, buih between 472 and 456 BC was
the very model of the fully developed classical Greek temple o f the Doric order.)