yuzlari loy, paydo bo'ldi minnatdorchilik mardligiga
□ Q IT U V C H I R A H B A R L IG ID A TU Z IL G A N R E J A A S O S ID A MATNNI BAYON Q IL IS H G A O ID M A TN LA R
B e r i l g a n s a r l a v h a l a r n i h i k o y a m a z m u n i g a m o s l a s h S a m a d y o r d a m berdi
Kuz edi. Samad sayhonda bir gala bolalarni ko'rib qolibdi va sayhonga
burilibdi. Bolalar Samadni ko'rib tarqalib ketishibdi. Faqat ko'zlarida yosh kichkina bir bola qolibdi.
Bola ketayotsa, ko'chada bir tup ko'chat yotgan ekan. Uni sayhonga
ekmoqchi bo'libdi. Temir topib, u bilan yerni kovlay boshlabdi. Shu payt bolalardan biri ko'chatning shoxini sindirib qo'yibdi. Bola shunga yig'layotgan ekan.
Samad bolaga achinibdi. Unga ko'chat ekishda yordam beribdi. Bola rahmat aytib, xayrlashibdi. (70 so'z)
Imlo: sayhonga, kovlay, shox, rahm at so'zlari ustida ishlanadi.
Tahlil: Samad nima uchun sayhonga burildi? Bolalar nima qildilar?
Nima uchun kichkina bola yig'layotgan edi?
R e ja t u z i s h u c h u n sav o l ia r :
Kichkina bola sayhonda nima qilayotgan edi?
Nima uchun Samad bolaga achinibdi?
Samad sayhonda nimalarni ko'ribdi?
Bola qanday xayrlashibdi?
O ta v a o ‘g ‘illar
Bir otaning bir necha o'g'illari bor edi. U o'g'illariga ahil bo'lib yashashni nasihat qildi. Biroq o'g'illari otasining gapiga quloq solmadilar.
Bir kuni ota bir necha novda olib keldi. Novdalardan uch-to'rttasini bog'ladi. O'g'illariga bog'langan novdalarni sindirishni buyurdi.
O'g'illar ko'p urindilar, ammo novdalarni sindira olmadilar. So'ngra ota bog'langan cho'plarni yechdi. Uni o'g'illariga bir donadan bo'lib berdi. Ular novdani osonlik bilan sindirdilar.
Shundan key in ota o'g'illariga ahil bo'lib yashasalar, ularni hech kirn yenga olmasligini aytdi. Agar janjallashib yurishsa, yengilishlarini uqtirdi. (81 so'z, 6 1 - 5 5 so'z b o 'lis h i ham mumkin.)
84
Imlo: ketma-ket kelgan bir xil undoshli (to'rttasini, o'g'illariga) va
uch-to'rtta, olib keldi, so'ngra so'zlari ustida ishlanadi.
Tahlil: Kishi o'g'illariga nima deb nasihat qildi? Ota nima ish qildi? O'g'illar nima qildilar? Ota o'g'illariga nimani uqtirdi? Urindilar, uqtirdi so'zlari o'rnida harakat qildilar, tayinladi so'zlarini ishlatish mumkinligi eslatiladi.
R eja t u z i s h u c h u n sav o l iar:
Ota novdani sindirishni kimlarga buyurdi?
Nima uchun o'g'illar novdalarni sindirdilar?
O'g'illar nega novdalarni sindira olmadilar?
Kimlar otaning gapiga quloq solmadi?
Ota o'g'illariga nimani uqtirdi?
T ek sh i r i sh u c h u n s o ' z la r : quloq, bog'lab, bog'langan.
O t a b e k n in g a h d i
Otabek - ajoyib bola. U futbol o'ynayotgan bolalarni ko'rsa, ko'zlari chaqnab ketadi. Otabek katta bo’lganda futbolchi bo'lishni orzu qiladi.
Otabekning tug'ilgan kuni bo'ldi. Uyga ammasi, tog'asi va boshqa mehmonlar kelishdi. Tog'asi bir quti shokolad berdi. Otabek «rahmat» deb sovg'ani oldi. Uni dasturxonga qo'ydi. Ammasi ham sovg'a uzatdi. Otabek «rahmat» aytib, sovg'ani oldi. Sovg'a futbolchi bolalar kiyadigan kiyim ekan.
Otabek shu kundan boshlab futbol mashg'ulotlariga qatnaydigan bo'ldi. U futbolchi bo'lishga ahd qildi. (72 so'z. 5 0 -60 so'z ham bo'lishi mumkin.)
Imlo: imlosi bir xil qo'sh undoshlarning yozilishi takrorlanadi: futbol, va shokolad, orzu, ammasi so'zlari ustida ishlanadi.
Tahlil: Otabek qanday bola? Qachon ko'zlari chaqnab ketdi? Tog'asi nima sovg'a berdi? U qanday qilib futbolchi bo'lishga ahd qildi?
R eja t u z i s h u c h u n s a r la v h a la r :
Quyidagi sarlavhalarni matn mazmuniga moslang.
Tug'ilgan kun.
Tog'asining sovg'asi.
Ammasining sovg'asi.
Otabekning orzusi.
Otabekning ahdi.
T ek sh i r i sh u c h u n s o ' z la r : futbol, futbolchi, shokolad, ahd.
85
75 m in g d i n o r
Ustoz Navoiy juda saxiy inson bo'lganlar. Ilm va hunar ahliga yordam berib turganlar.
Ustoz xalq uchun masjid, madrasalar, shifoxonalar va rabot
(karvonsaroy) qurdirganlar.
Navoiyning otalaridan anchagina yer qolgan. Bundan tashqari shoh ularga katta ekinzor, bog'larni tortiq qilgan. Ustozning ixtiyorlarida do'kon bo'lgan. Ana shulardan katta daromad kelib turgan.
Bobomiz shuncha mol-mulkni qo'llarida tutib turgan emaslar. Mol-mulklarini kambag'al, yetim-yesir, bevalarga sarflaganlar. Ularni yeguliklar va kiyim-kechaklar bilan ta’minlab turganlar. {74 so'z)
Imlo: sax/y, hunar ahlini, masjid, shifoxona, yetim-yesir, ta’minlab so'zlari ustida ishlanadi. So'z oxirida d undoshining talaffuzi va yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Ustoz Navoiy kimlarni qo'llab-quvvatlaganlar? Navoiyga
qayerdan daromad kelib turgan? Bobomiz mol-mulklarini nima qilganlar?
R e ja t u z i s h u c h u n s a r la v h a la r :
Ustoz Navoiyning daromadlari.
Yordam.
Qurilish.
Bobomiz mol-mulklarini sarflaganlar.
T e k sh i r i sh u c h u n so ' z la r : saxiy, qo'llab-quvvatlab, rabot, mol- mulk, yetim-yesir, beva-bechora, kiyim-kechak.
Uzuk v o q e a s i
Abu Ali ibn Sino chaqaloq edi. Onasi uni cho'miltirayotib uzugini yo'qotib qo'yibdi. Uzukni kanizak olgan deb, uni kaltaklashibdi.
Kanizakni kaltaklashayotganda chaqaloq yig'lar emish. Kaltak- lashdan to'xtashsa, chaqaloq ham yig'idan to'xtar ekan. Hamma bundan ajablanibdi.
Yillar o'tibdi. Ibn Sino tilga kiribdi, birinchi bo'lib uzuk voqeasini so'zlabdi. O'shanda onasi ibn Sinoni cho'miltirayotganda uzuk tog'oraga va tog'oradagi suv bilan kir o'raga tushib ketgan ekan.
Shundan keyin o'rani kavlashib uzukni topishibdi. Hamma Ibn Sinoning zehniga qoyil qolibdi. (74 so'z. 55 -60 so'z bo'lishi ham mumkin.)
86
Imlo: Kishi nomlarining bosh harf bilan yozilishi va d-f undoshlarining imlosi, i- у va о-a unlilarining yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Chaqaloqni cho'miltirish paytida qanday voqea yuz berdi?
Yillar o'tib nima ma’lum bo'ldi? Hamma nimaga qoyil qoldi?
R eja t u z i s h u c h u n sav o l ia r :
Nega hamma ajablanibdi?
Nima uchun kanizakni kaltaklashibdi?
Ibn Sino nimani so'zlabdi?
Uzuk qanday qilib o'raga tushibdi?
Nimaga hamma qoyil qolibdi?
T e k s h i r i s h u c h u n s o ' z la r : Abu A li ibn Sino, hamma, uzuk voqeasini, kavlashib, zehniga.
87
0 ‘QITUVCHI R A H B A R L IG ID A HIKOYANI Q IS M L A R G A B O 'L IS H VA U L A R N I S A R L A V H A L A S H G A
OID M A TN LA R
J a s u r b o la la r
Ikki bola anhor bo'ylab kelayotgan ekan. Uzoqdan ularga suvning shovullagani eshitildi.
Bolalar to'g'on tomon yugurishibdi. Qarashsa, to'g'on teshilibdi.
Go'zalarni suv bosayotgan ekan.
Yusuf bilan Adham tezda odamlarni chaqirishibdi. Suvchilarga xabar berishibdi. Birpasda suvchilar yetib kelishibdi. Birgalashib to'g'onni tuzatishibdi.
Suvchilar jonkuyar Yusuf bilan Adhamga katta tashakkur bildirishibdi.
Dostları ilə paylaş: |