6 0 - 7 0 so'z bo'lishi ham mumkin.)
93
Imlo: Boybo'ri, burro, Alpinbey, birinjdan, yetti, xafa, xush, alp.
Tahlil: Kimning Hakimbek degan o'g'li bo'lgan? Shu qismga qanday nom bersa bo'ladi? Alpom ishning Alpinbiy bobosidan nima qolgan edi? Hakimbekning ovozasi olamga ketganligini qaysi voqeadan bilish mumkin? Matnning shu qismiga qanday sarlavha qo'ysa bo'ladi? Hakimbek qachon alp deb ataldi? Shu qismga qanday sarlavha qo'yish mumkin?
Taxm iniy reja:
O'g'il.
Parli yoy.
O'n to’rt botmon yoy.
Alp deb ataldi.
94
N A Z O R A T BAYON Y O Z ISH U C H U N M A TN LA R
Ahillik
Chumolilar kichik bo'lsa ham g'ayratli va inoqdirlar.
Chumolilarning o'z podshohlari, ulug'lari, askarlari bordir. Ulug'lari nimani buyursa, kichiklari shuni bajaradi.
Ular ahil va g'ayratli bo'lganlari sababli o'zlaridan katta bo'lgan dushmanlardan qo'rqmaydilar.
Agar ariga o'xshash dushman kelib, bittalariga tegsa, hammalari dushmanga yopishadilar. Biri qo'lini, biri oyog'ini, biri qanotini qattiq tishlaydi. Dushman qancha katta bo'lsa ham, ular g'olib chiqadilar. (57 so'z)
R eja:
Chumolilar.
Ulug'larning buyrug'ini kichiklar bajaradi.
Chumolilar g'olib chiqadilar.
T a y a n c h so ' z la r : nihoyatda, podshoh, ahil, bitta, hammalari, qattiq.
H a s h a r
Hasharchilar bog'chaga ko'chat ekishga borishdi.
Shirin-shakar bolalar qo'llarida olma, anor, nok va gilos ko'chatlarini ko'tarib kelishardi.
Mudira opa ko'chat ekiladigan yerni belgilab qo'ygan edi.
Ish boshlandi. Hasharchilar qo'llariga belkurak olib yerni qaziy boshlashdi. Umidjon ko'chatlarni ushlab turdi. Rashid suv quydi. Botir tuproq bilan ko'chat ildizlarini ko'mdi.
Hashar ahillik bilan o'tdi. Mudira opa hasharchilardan minnatdor bo'ldi. (57 so'z)
Reja:
Hasharchilar.
Shirin-shakar bolalar.
Mudira opa.
Ish boshlandi.
Opa minnatdor.
T a y a n c h so'zlar: hasharchilar, shirin-shakar, belkurak, ahillik.
95
C h an g ' i sayli
Ahmadning akasi tog'da chang'i uchishga bormoqchi bo'ldi.
Akasining toqqa borishi Ahmadni qiziqtirdi. Chunki u tog'ni ko'rmagan edi. Ahmadjon chang'i sayliga borish uchun akasiga yalindi. Akasi rozi bo'lmadi. Sababi tog' sovuq edi.
Ahmad sovuqqa chiday olishini aytdi. Akasini ko'ndirdi.
Shanba kuni edi. Ahmad yaxshi kiyinib, ertalabki izg'irinda akasi bilan yo'lga tushdi. Ahmadjon yana ham sovuqqa chidaydigan bo'ldi. (58 so'z)
Reja:
Ahmadning akasi.
Ahmad tog'ni ko'rmagan.
Akasi rozi bo'lmadi.
Akasini ko'ndirdi.
Shanba kuni edi.
A ka- ukalar
Qadim zamonda aka-uka bo'lgan ekan. Akasi bola-chaqali ekan.
Ukasi yolg'iz ekan.
Aka-uka g'alla ekib, mo'l hosil olishibdi. Hosilni teng bo'lishibdi. Kech bo'libdi. Hamma uyquga ketibdi. Ukasi akasining ko'pchilik ekanini o'ylabdi. O'zining ulushidan anchasini akasinikiga qo'shib
qo'yibdi.
Akasi ham ukasini o'ylabdi. O'zining ulushidan anchasini ukasinikiga qo'shib qo'yibdi. Ko'ngli tinchib uyquga ketibdi.
Aka-ukalar bir-birlariga juda mehribon ekanlar. (62 so'z)
Reja:
Aka-uka bo'lgan ekan.
G'alla ekishibdi.
Kech bo'libdi.
Ukasining uyqusi kelmabdi.
Mehribonlar.
T ay an ch so ' z la r : bola-chaqali, g'alla, hosil, ko'ngli, ulushidan, bir- birlariga, mehribon.
96
M a n g u s ta la r
Mangusta yirtqich-u, lekin qo'lga tez o'rganadigan hayvondir. U hech narsadan qoYqmaydi. Hindistondagi ba’zi oilalar zaharli ilondan o'zlarini ehtiyotlash uchun mangustani uyda asrashadi.
Mangusta yashagan uyda sichqon, kalamush, kaltakesaklar bo'lmaydi.
Mangustaning doimiy ovqati hasharotlardir. Ularni yer ostidan o'tkir tirnoqlari bilan qazib topadi. Turli xil o'simlik barglari, mevalar bilan ovqatlanadi.
Mangusta kunduzi uxlaydi. Qorong'ida uyasidan chiqadi. U o'rmonlarda, ba’zan odam turadigan yerlarda ham yashaydi. (63 so'z)
Reja:
Mangustalar.
Mangusta yashagan uy.
Mangustaning ovqati.
Yashash joyi.
T a y a n c h so ' z la r : yirtqich, o'rmon, Hindiston, kaltakesak.
O rzu
Ibn Sino yoshligidan tabib bo'lishni orzu qilibdi.
Yetti yoshida u kechasi tush ko'ribdi. Tushida oq ilon unga sut berib, bu dardga davo dermish. Qizil ilon qizil sut berib, bu dardga davo dermish. Ibn Sino ilonlar bilan o'ynab turib, uyg'onib ketibdi. Tundayoq, ilon izlashga tushibdi va uni ushlab kelibdi.
Ibn Sino ilon zahrini echki, qo'ylaming sutiga qo'shib kasallarni davolabdi.
Yetti yoshdanoq Sinoning tabibligi ovoza bo'libdi. (65 so'z, 5 0 -60 so'z bo'lishi ham mumkin.)
Reja:
Ibn Sino nimani orzu qilibdi?
Ibn Sino tushida nimalarni ko'ribdi?
Tunda u nima qilibdi?
Ibn Sino kishilarni nima bilan davolabdi?
U yetti yosh bo'lganda nima ovoza bo'libdi?
T ay an ch so ' z la r : Ibn Sino, davo, dardga, zahar
97
C h in o ' r to q
Zumrad uyiga kelsa, onasi karavotda yotibdi. Isitmasi baland. Zumrad darrov choy damlab keltirdi. Sharofat opa choydan ichib, ko'rpaga o’ralib yotdi.
Zumrad qurt boqilayotgan uyning eshik va derazalarini ochdi. Xonani bir oz shamollatdi. Pechkaga o‘t qalab, uyning haroratini oshirdi. Keyin o'tirib choy ichdi. Shu payt ko'cha eshikdan Hanifa kirib keldi. Ular o'qituvchilari bilan fermaga bormoqchi edilar. Zumrad bir zum o'ylanib qoldi.
Hanifaning ko'zi karavotda yotgan Sharofat opaga tushdi. Uning peshonasini ushlab ko'rdi. Isitmasi baland.
Hanifa maktabga bordi. Voqeani o'qituvchisiga tushuntirdi. Zumradga yordam bermoqchi ekanini aytdi. U tezda Zumradlarning uyiga qaytib keldi.
Ikki o'rtoq Sharofat opaga ovqat pishirishdi. Shifoxonadan shifokor chaqirishdi. Shifokor kasalni ko'rib, ukol qildi, dori berdi. Sharofat opa o'zini biroz yengil sezdi.
Zumradning dadasi Abduqodir aka tut bargi olib keldi. Hanifa bilan Zumrad uni maydalab, qurtlarga berishdi. Kechqurun Hanifa xayrlashib uyiga ketdi.
Zumrad va onasi Hanifadan xursand bo'lishdi. (142 so'z)
Imlo: karavot, shifokor, Sharofat, xayrlashib, darrov so'zlari imlosi ustida ishlanadi.
T opshiriq:
Matnning asosiy mazmuniga (Sharofat opaning kasali va unga ko'rsatilgan yordam, Hanifadan xursand bo'lishi) e’tibor bering.
Matnning rejasini tuzing.
Tuzgan rejangiz asosida matn mazmunini qisqartirib, bayon yozing.
Tahlil: Sharofat opaning qachon isitmasi chiqdi? Zumrad qanday yordam berdi? Nima uchun Zumradning uyiga Hanifa kirib keldi va u nima qildi? Sharofat opaning o'zini yengil sezishida kimlar yordam berdi?
Reja mustaqil tuziladi. Reja asosida o'quvchilar ikki-uch marta so'zlatiladi. Nimani qisqartirish kerakligi muhokama qilinadi.
Tayanch so'zlarni sinf yozuv taxtasiga yozib qo'yish o'qituvchiga havola etiladi.
Bayon 75 -80 so'z hajmida yozilishi ham mumkin.
98
4 - S IN F
BAYON U STID A IS H L A S H
M a’lum ki, uchinchi sinfda bayon o‘qituvchi tomonidan tavsiya qilingan tayyor reja ham da o‘qituvchi rahbarligida jam oa bo‘lib tuzilgan reja asosida o‘tkaziladi.
To‘rtinchi sinfda esa yuqoridagi bayonning ikki turi bilan birga, mustaqil tuzilgan reja asosidagi bayon; qisman tasvir bo‘lgan bayon; gram m atik topshiriqli bayon; m atn mazm unini qisqartirishga oid bayon va nazorat bayonlaridan foydalaniladi.
Qisman tasvir bo‘lgan bayon; gram m atik topshiriqli bayon va qisqartirilgan bayonlar alohida bo‘lim qilib ajratilmaydi. Qisman tasvir bo‘lgan bayon, gram m atik topshiriqli bayon uchinchi bo'lim ga, qisqartirilgan bayon esa birinchi hamda uchinchi bo‘lim ga kiritilgan.
Tayyor reja va jam oa bo‘lib tuzilgan reja asosidagi bayon ustida ish ikkinchi sinfda ham o‘rganilgan. Ishning bu turi to‘rtinchi sinfda matn mazm unining chuqur tahlil qilinishi va m urakkabligi bilan ajralib turadi.
0 ‘qituvchi o‘quvch ilarning diqqatini ko‘proq asarning ham m a tafsilotlarini kuzatib, m atn qism laridagi voqcalarni izohlab berishga qaratadi. M asalan, «Zohid Ziyrakka nimalarni o'rgatdi?», «Nima uchun chol odamlarniyordamga chaqirdi?» kabi bir qator savoliar o‘quvchilarni m atnni diqqat bilan eshitishga o‘rgatadi. U lar m atndagi tafsilotlarning hammasi bir-biriga bog‘langanligiga ishonch hosil qiladilar va shunga odatlanadilar. Bayonni yozish vaqtida o ‘q uvchilarning o‘zlari matndagi kerakli ma’lumotlarni bayon qilishga harakat qiladilar.
M atnni tahlil qilishda asosli baho berishda qism an fikrlash va xulosa chiqaruvchi savoliar ham qo‘shiladi. M asalan, rejaning «Ari cho'pni kema qilib falokatdan qutildi» gapi asosli javob berishni talab qiladi («Yaxshilik yerda qolmas»).
Dostları ilə paylaş: |