M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə72/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Tahlil: Birinchi xatboshi nima haqida? Qulunning betob bo'lishiga sabab nima? Nima uchun qulunni doktorga olib bordilar? Qulunga kim dori berdi?
Topshiriq: Qulunning doktorga borish sababini so'zlang. 0 ‘quv- chilar matnni qayta hikoyalaydilar, so'ngra yozadilar.

Reja tuzish uchun savollar:


  1. Anvar nimalarni yoqtiradi?

  2. Otboqar nima qildi?

  3. Anvar otxonada nimani ko'rdi?

  4. Nima uchun qulunni doktorga olib bordilar?

  5. Anvar qulunning tuzalishi uchun nimalar qildi?

Tayanch so'zlar: Qorako'z, biyani, otboqar, otxonaga, qulunning, doktor.
113

TAYYOR REJA ASOSIDA MATNDAN TANLAB BAYON YOZISH UCHUN MATNLAR




Quyonchilik fermasi


Maktab quyonchilik fermasining boshlig'i uyida quyon boqishni xohlovchi bolalarni aniqladi. U quyonboqarlarga bir juftdan quyon beradigan bo'ldi.


Alisher - bo'lg'usi fermer. U maktab fermasi boyligiga boylik qo'shmoqchi bo'ldi. Shuning uchun quyonchilik fermasi boshlig'idan uyida boqish uchun bir juft quyon olib keldi.
Otasi quyonlarga darrov uya yasab berdi. Alisher quyonlarni boqishda quyonboqarlardan yordam olib turdi.
Oradan bir yil o'tdi. Quyonlar yigirmatadan oshib ketdi. Alisher o'nta quyonning terisini maktab fermasiga topshirdi.
Alisher maktab boyligiga boylik qo'shdi. Eng muhimi - mehnat qilishni o'rgandi. Maktab quyonchilik fermasining a’zolari Alisherdan minnatdor bo'lishdi. (87 so'z, 65-70 so'z bo'lishi ham mumkin.)
Imlo: bo'g'in ko'chirish qoidasi eslatiladi. Juft so'zining yozilishi va uning o'rnida qanday so'z ishlatish mumkinligi tushuntiriladi.
Bir unli tovushdan hosil bo'lgan bo'g'inlarni birinchi yo'lda qoldirib bo'lmasligi va ikkinchi yo'lga ham ko'chirib bo'lmasligi (jamoa shaklida) uqtiriladi.
Tahlil: Alisherning maqsadi nima edi? Hikoyadan nimani o'r-
gandingiz? Nima uchun maktab quyonchilik fermasi a’zolari Alisher­ dan minnatdor bo'lishdi?
Topshiriq: Alisherning maktab boyligiga qo'shgan hissasini ifo-
dalang.
«Alisher - bo'lg'usi fermer» mavzusida bayon yozing. (Bayon 70-75 so'zdan iborat bo'lishi mumkin.)

Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin