M umarova, М. Nabiyeva



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə73/104
tarix20.07.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#136972
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104
bayonlar toplami m. umarova

Reja:


  1. Alisher - bo'lg'usi fermer.

  2. Otasining yordam berishi.

  3. Oradan bir yil o'tdi.

  4. Minnatdor bo'lishdi.

  5. Hikoyaning ahamiyati.

Tayanch so'zlar: fermer, juft, quyonboqar, eng muhimi, mehnat, a'zolari.
114

Inoqlik


Dunyoda bir kaptar yashar ekan.
Bir kuni yer qimirlab kaptarning uyasi buzilibdi. Tinchligini yo'qotgan kaptar shahar ustida kun bo'yi uchib yuribdi.
Bir vaqt qaldirg'och kaptarni ko'rib qolibdi. Hol-ahvol so'rabdi. Kaptar uyi buzilib ko'chada qolganini aytibdi.
Qaldirg'ochning uyi zarar ko'rmagan ekan. U do'stini uyiga taklif qilibdi. Kaptar qaldirg'ochnikida tinch yashay boshlabdi.
Oradan kunlar o'tibdi. Qaldirg'och uyiga yaralanib kelibdi. Uning ko'kragi qonga belangan edi.
Kaptar darhol buloqdan suv keltirib beribdi. So'ng do'stiga yumshoq joy hozirlabdi. O'zining chap qanotini do'stiga to'shab beribdi. O'ng qanotiga o'zi yotibdi. Qaldirg'och tinch uxlab orom olibdi. (90 so'z, bayon 60-70 so'zdan iborat bo'lishi ham mumkin.)
Imlo: p-b, p - f undoshlari, i- и unlilarining yozilishi va juft so'zlarning yozilishi eslatiladi.
Tahlil: Qanday qilib kaptar qaldirg'ochga uchrab qoldi? Nima uchun kaptar qaldirg'ochnikida yashay boshladi? Kaptar qaldirg'ochga qanday yordam berdi? Siz ertakdan qanday xulosaga keldingiz?
Topshiriq: Nima uchun kaptarning qaldirg'och uyida yashaganini so'zlang va yozing.
Bayonni qayta tanlab hikoyalashdan so'ng yozing.

Reja:


  1. Tinchligini yo'qotgan kaptar shahar ustida uchib yuribdi.

  2. Qaldirg'och kaptarni ko'rib qolibdi.

  3. Kaptar qaldirg'ochning uyida yashay boshladi.

  4. Sizning ertak haqidagi fikringiz.


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin