Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, dorixonalarning asosiy vazifasi
aholini, DPM ni va boshqa tashkilotlar, maktab, bolalar bog'chalari va
ayrim ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy-sanitariya qismlarini dori
vositalari, sanitariya-gigiena buyumlari, dezinfektsiya vositalari va
bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan tibbiy buyumlar bilan uzluksiz
ravishda ta’minlab turishdan iborat.
Tibbiy buyumlar jumlasiga kasallikning oldini olish, tashhis qo‘yish
va davolash uchun tibbiyotda qo‘llanadigan buyumlar -bog‘lash va tikish
materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalar quyishga mo'ljallangan
sistemalar, bemorlarni parvarishlashda
qoMlanadigan ashyolar va
materiallar kiradi.
Dorixonalar bajargan ishlari, mulkchilik shakllari e’tiborga olingan
holda ishlab chiqarish, ta’minlash, savdo va xo‘jalik faoliyatlari bilan
shug‘ullanadi.
Ularning ishlab chiqarish faoliyati shundan iboratki, ular dorixonada
vrachlar yozib bergan retsept asosida va DPM talabnomalari hamda boshqa
tashkilotlarning buyurtmalari asosida dori vositalari tayyorlab beradilar yoki
tayyor dori vositasini beradilar, laboratoriya-qadoqlash ishlarini bajaradilar,
aholiga tayyorlab berilayotgan ekstemporal dori vositalari va tayyor dori
vositalari sifatini nazorat qiladilar va tegishli tartibda ularni rasmiylashtirgan
holda tashqi tomondan bezalishiga e’tibor beradilar.
Shuningdek, dorixonalar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mos
ravishda quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
- tibbiyot xodimlari o'rtasida tegishli tartibda axborot berish ishlarini
o‘tkazish, unda dorixonadagi mavjud va yangi dori vositalari to‘g ‘risida
ma’lumot berish, birorta dori vositasi boMrnay qolganda uning o ‘rnini
bosuvchi boshqa dori vositasini taklif qilish, bu dorilarni ishlatish tartibi,
dozasi va saqlash qoidalari to ^ ris id a obyektiv va mukammal ravishda
axborot ishlarini o‘tkazadilar;
- ayrim hollarda o‘zlarida vaqtincha yo‘q dori vositalarining boshqa
dorixonalarda mavjud ekanligi aytilib, uning manzili bemorga
tushuntirib beriladi;
- dorivor
0
‘simliklar xom ashyosini terish, tayyorlash, saqlash ishlarini
amalga oshiradilar, xuddi shunday ishlarga ularga biriktirilgan dorixona
filiallarini ham jalb etadilar;
- dorixonalarda sanitariya-gigiena talablari asosida tegishli boshqaruv
ishlarini amalga oshiradilar;
Dostları ilə paylaş: