M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


O‘zbekiston respublikasida dorixonalarni ochish tartibi



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

2.2. O‘zbekiston respublikasida dorixonalarni ochish tartibi
Dorixona sogiiqni saqlash tizimining ajralmas tarkibiy qismidagi 
tibbiyot ntuassasasi bo‘lib, u aholini, davolash-profdaktika muassasalarini 
(DPM) va boshqa tashkilotlarni uzluksiz ravishda dori vositalari
sanitariya-gigiena buyumlari, bogiov materiallari va bemorlarni parvarish 
qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
Dorixonalar, asosan, dori tayyorlash, ta’minot, savdo, moliya va 
xo‘jalik ishlari bilan shug'ullanib, ularni ishlab chiqarish faoliyati vrachlar 
tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida va DPM ni talabnomalari asosida 
dori vositalarini tayyorlab beradi. Katta miqdordagi ayrim dori vositalarini 
laboratoriya-qadoqlash ishlari bilan shug‘ullanadilar, ular sifatini nazorat 
qiladilar va tayyor dori vositalarini aholiga va DPM iga sotadilar.
0 ‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng, respublika 
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-sonli qarori asosida - 
respublika “Dori-darmon” davlat aktsionerlik uyushmasi tashkil etildi, shu 
qaror asosida mulkchilikning xususiy, jamoa harnda aksioner dorixonalar 
uyushmasi tashkil etildi. Xuddi, shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasining 
“Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga asosan 
farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish - dorixona ishini boshqarish oliy 
ma’lumotli farmatsevtlargagina ruxsat etildi.
Yuqorida qayd etilgan faoliyatlami amalga oshirish va qonun asosida 
dorixona ochish va tegishli farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 
esa maxsus litsenziya olish zarur bo’ladi. Bu litsenziya 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-oktyabrdagi 477-sonli 
qarori bilan tasdiqlangan “Tibbiy faoliyatni va farmatsevtika faoliyatini 
litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizom asosida” maxsus ruxsatnoma, litsenziya
16


berish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV da tashkil etilgan maxsus hay’at 
tomonidan beriladigan ruxsatnoma (litsenziya) asosida olib boriladi.
Litsenziya hay’ati tarkibiga 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV va 
Respublika hududida farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi boshqa 
mas’ul yuridik shaxslarning vakillari kiradi.
Litsenziya hay’ati - hay’at raisi, a’zolari va texnik guruhidan iborat. 
Litsenziya hay’ati raisi SSV ining buyrug‘iga asosan tayinlanadi. Hay’at 
tarkibi va strukturasini, hay’at raisi taqdim etadi va bunga asosan SogMiqni 
saqlash vaziri chiqargan buyruqga binoan faoliyat ko‘rsatadi.
Yuqorida keltirilgan qaror va tegishli qonunlarga asosan .litsenziya 
berish tartibi va shartlari haqida “Nizom” ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu 
nizomga asosan 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika 
faoliyatini ko‘rsatish uchun litsenziya berishning umumiy tartiblari va 
shartlari belgilanadi. Ushbu tartiblar mulkchilik turidan, qäysi vazirlik yoki 
tarmoqqa bo‘ysinishidan, qayd etilgan manzilidan qat’iy nazar, barcha 
jismoniy va yuridik shaxslar uchun majbur ekanligi belgilab qo‘yilgan.
Farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanayotgan barcha yuridik 
shaxslar, shu jumladan, 0 ‘zbekiston Respublikasi hududida farmatsevtika 
faoliyati ko‘rsatayotgan chet el vakolatxonalarining ham litsenziyalari 
bo‘lishi ko‘zda tutiladi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin