M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Dorixona muassasalarining nomlanishi, turlari va ularni



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

2.3. Dorixona muassasalarining nomlanishi, turlari va ularni
joylashtirish tartiblari
CPzbekiston Respublikasida dorixonalar dori vositalarini tayyorlash, 
qadoqlash, ular sifatini nazorat qilish, shuningdek, davolash hamda 
kasallikning oldini 
olishga 
mo'ljallangan 
dori 
vositalari, 
tibbiy 
buyumlarni, sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziq - 
ovqatlami,ma’danli suvlarni, davolash - kosmetika mahsuiotlarini xarid 
qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasidir. 
Dorixona muassasalari jumlasiga dorixonalar va ularning filiallari, 
davolash va kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi. 
Dorixona shaxobchalari, qishloq vrachlik punktlari qoshidagi dorixonalar, 
shuningdek, shifoxonalararo dorixonalar ham shu dorixona muassasalari 
tartibiga kiradi.
Ayrim holatlarda dorixonalar maxsuslashtirilgan boMadi, chunki 
bunday dorixonalar aholini va DPM ning yuqori sifatli faoliyatni 
ta’minlash xizmatiga ega bo'ladi, maxsuslashtirilgan dorixonalar quyidagi 
sifat ko’rsatgichlari bilan farq qiladi:
-tayyor dori vositalarini oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanadigan 
maxsus tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi dorixonalar;
- ta ’minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji 
savdo va shifoxonalararo dorixonalar;
-alohida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan bolalar va yoshi 
ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriatrik dorixonalar;
- sotilayotgan dorilarni maxsus guruhlariga xos dori vositalari, dorivor 
o'simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar va 
maxsus kasallarni davolashga ixtisoslashtirilgan (teri-tanosil, ruhiy va 
diabet kasallari uchun) dorixonalar.
Xuddi shuningdek o'quv - ishlab chiqarish dorixonalari ham boiishi 
mumkin. Aksionerlik dorixonalari, tuman, shahar, qishloq va shahar 
tipidagi posyolkalar hududida joylashib, aholiga dori vositalari va boshqa 
tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladi.
20


Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar 
asosan shaharlarda, qishloqlarda, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda 
tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki retseptsiz berishga ruxsat 
etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiena buyumlari, 
bogMov materiallari va bemorlami parvarish qilishda ishlatiladigan 
ashyolar bilan uzluksiz ta’minlab turadilar.
Bolalarga xizmat qiladigan maxsus dorixonalar, asosan, katta 
shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab 
chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal 
ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari savdosini amalga 
oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xom ashyolari 
(substantsiyalar) va yordamchi materiallar zahirasi bodishi zarur. 
Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa 
tayyorlanadigan dori vositalaridan ta’mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan 
farq qilishi ko‘zda tutiladi.
Geriatrik dorixonalar, asosan, yoshi ulug‘ kishilarga xizmat qilish 
uchun maxsuslashtirilgan bo‘lib, ushbu dorixonalar qariyalarning yoshi, 
ruhiy fiziologik holatlarini hisobga olib, tegishli tartibda vrachlar 
tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalarini berishlari 
ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bu dorixonalar dorilarni saqlash, ichish 
tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib, dori vositalari qabul qilish 
bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi.
Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholining dori vositasi bilan 
ta’minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori 
vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va shularni 
dorixonada uzluksiz ravishda boiishini ta’minlaydi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin