M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Litsenziya 
- bu maxsus hisobdagi hujjat bo‘lib, o‘zining 
takrorlanmas tartib raqamiga ega.
Litsenziya aniq yuridik yoki jismoniy shaxsga beriladi, litsenziyani 
boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsga berish man etiladi.
Tashkiliy-huquqiy 
shaklidan, 
qaysi 
vazirlik 
va 
tarmoqqa 
tegishligidan, mulkchilik turidan qat’iy nazar, litsenziyasiz faoliyat 
ko‘rsatish taqiqlanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi 
SSV litsenziya hay’ati tomonidan 
farmatsevtika faoliyatining quyidagi turlari uchun litsenziyalar beriladi: 
-tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar sotib olish va sotish 
huquqiga ega bo‘ladigan dorixonalarga;
-vrach retsepti bo‘yicha dori vositalari va steril eritmalar tayyorlab 
sotish, shuningdek, tayyor dori vositalari va tibbiy ashyolarni sotib olish va 
sotish huquqiga ega bo‘lgan korxonalarga;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV Dori vositalari va tibbiy texnika 
sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan qo‘l!ashga ruxsat 
etilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni korxona sharoitida ishlab 
chiqarish va sotish huquqini beradigan yuridik shaxslarga;
2-№ 96
17


- 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV Dori vositalari va tibbiy texnika 
sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tomonidan qayd etilgan giyohvand 
va psixotrop moddalar saqlagan vositalarni sotib olish va sotish huquqiga 
ega bo'lgan dorixonalarga.
Litsenziya berish to'g'risidagi hujjatlarni ko'rib chiqish, ularning 
muddatlarini uzaytirish, ular yuzasidan xulosalar tayyorlash uchun 
litsenziyalovchi organda ekspert komissiya tuziladi. Bu komissiya tarkibi 
va komissiya to'g'risidagi nizom litsenziyalovchi organ tomonidan 
tasdiqlanadi. Bunda ekspert komissiya tarkibiga majburiy tarzda tegishli 
ixtisosliklar bo'yicha mutaxassislar kiritiladi.
Ekspert komissiya yig'ilishi kamida oyiga ikki marta o'tkaziladi.
Farmatsevtika 
faoliyatining 
mazkur 
nizomga 
muvofiq 
litsenziyalanadigan turlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) dori vositalari va tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish;
b) dori vositalari va tibbiyot buyumlari tayyorlash;
v) dori vositalari va tibbiyot buyumlari yaratish bo'yicha ilmiy - 
tadqiqot ishlari;
g) dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini nazorat qilish;
d) dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish;
e) dori vositalarini ulgurji sotish;
yo) tibbiyot buyumlarini ulgurji sotish;
j) dorivor o‘simliklar, hayvonot va mineral asosga ega bo'lgan xom 
ashyoni yetishtirish, yig'ish, tayyorlash, qadoqlash va ulgurji sotish.
Yuqorida qayd etilgan faoliyat turlarini “a” - “yo” kichik bandlarida 
ko'rsatilgan farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar faqat 
yuridik shaxslarga berilishi mumkin, bunda “b” - “d” kichik bandlarida 
ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziya faqat dorixona 
muassasalariga beriladi.
Mazkur Nizom 3-bandining “a” - “yo” kichik bandlarida ko'rsatilgan 
farmatsevtika faoliyati turlarini amalga oshirish uchun olingan litsenziya, 
litsenziatlarga ular ishlab chiqargan va tayyorlagan dori vositalari va tibbiyot 
buyumlarini sotish huquqini beradi. Yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan 
farmatsevtika faoliyati faqat litsenziyada belgilangan faoliyat tun (uning bir 
qismi) bo'yicha amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziatda 
tegishli 
faoliyatni 
amalga 
oshirish 
uchun 
foydalaniladigan filiallar (alohida hududlardagi boiinmalar va obyektlar) 
mavjud bo'lgan taqdirda, litsenziya berish vaqtida ko'rsatib o'tilgan 
'filiallar (alohida hududlardagi bo'linmalar va obyektlar) soniga qarab
18


ulardan har birining joylashgan joyi ko'rsatilgan holda litsenziyalovchi 
organ tomonidan tasdiqlangan litsenziya nusxalari beriladi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin