0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-
yanvardagi 18-sonli “0 ‘zbekiston Respublikasi sogMiqni saqlash tizimida
boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risida” gi qarorida 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining “0 ‘zbekiston Respublikasi
SogMiqni saqlash
tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-noyabrdagi PF
2107 - sonli farmonida aholi sogMigini saqlash ishlari ustidan davlat
nazoratini ta’minlash choralari qayd etilgan.
Ushbu farmonda sogiiqni saqlash sohasida davlat siyosatini amalga
oshirish, aholiga bepul tibbiy-sanitariya yordami ko'rsatish, boshqarishning
barcha darajasida aholiga tibbiy yordamni yaxshilash bilan bir qatorda, tizimni
mablag1 bilan ta’minlash, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy
klinikalami tashkil
etish,
davolash-profilaktika hamda sanitariya -
epidemiologiya muassasalari tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilishga
doir qonunchilik va boshqa me’yoriy
xujjatlarga rioya etilishi, boshqaruv
organlarining mansabdor shaxslari, sogMiqni saqlash xodimlarining noqonuniy
xatti- harakati yuzasidan shikoyatlar va arizalar, qoida buzishlar va
suiiste’molchiliklaming oldini olish masalalari ko‘rsatilgan. Farmonda
0 ‘zbekiston Respublikasi SSV to‘g‘risidagi nizom, vazirlikning ma’muriy
boshqaruv xodimlaming soni, 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning Nazorat
inspeksiyasi to‘g‘risidagi, vazirning o‘rinbosarlari, shu bilan birga, boshqarish
jarayoni, Toshkent shahar sogMiqni saqlash
bosh boshqarmasi boshligM
lavozimiga ko‘ra 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning o'rinbosari hisoblanishi
ko‘rsatilgan. Ushbu farmon va amaldagi qarorlarga ko‘ra 0 ‘zbekiston
Respublikasida tibbiyot va farmatsiya sogMiqni saqlash tizimining ajralmas
qismi ekanligi qayd etilgan. Ta’kidlash lozimki, respublikada farmatsevtika
faoliyatini
muvofiqlashtirishda,
0 ‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 1994-yil 11-martdagi 132-sonli Qarori muhim roi o‘ynaydi.
Shu qarorga asosan, 0 ‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va
tadbirkorlikni qoMlab-quwatlash davlat qo‘mitasi tomonidan “Farmatsiya”
ishlab chiqarish birlashmasi “Dori-darmon” davlat aksionerlik uyushmasi
(DAU)ga aylantirildi. Uyushma faoliyatini muvofiqlashtirish 0 ‘zbekiston
Respublikasi SSV zimmasida saqlab qolindi.
“Dori-darmon” DAU va uning hududiy birlashmalari dori vositalari va
tibbiyot
buyumlari
buyurtmalarining asosiy turlari, ya’ni davlat
buyurtmalari bo‘yicha sogMiqni saqlash organlari tomonidan tasdiqlangan
hayotiy zarur (asosiy) dori vositalari va tibbiy ashyolar bilan ta’minlashni
bajarilishi aniq ko‘rsatildi.
Shu qarorga asosan DAU va hududiy “Dori- darmon” davlat
aktsiyadorlik birlashmalari o ‘zining ishlab chiqarish - xo‘jalik va
9
moliyaviy faoliyati istiqbolini mustaqil belgilaydi, bozor konyukturasini
tashkil etgan holda, marketing xizmatini ko'rsatadi,
daviat va boshqa
organlarda o'z ta’sischilarining manfaatlarini ifodalaydi.
“Dori - darmon” DAU faoliyatini takomillashtirish maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-may 131-sonli qarori bilan DAU
“Dori -darmon” aktsiyadorlik kompaniyasiga aylantirildi. Ushbu qarorga
ko‘ra “Dori-darmon” AK ning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘na!ishlari
etib quyidagilar belgilandi:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi aholisini sifatli dori vositalari va tibbiyot
buyumlari bilan ta’minlash;
-marketing tadqiqotlari o‘tkazish hamda hayotiy muhint bo‘lgan
asosiy dori -darmonlar va tibbiyot buyumlariga, shu jumladan, giyohvand
va hisobda turadigan psixotrop preparatlarga buyurtmalarni
shakllantirish
hamda tuziladigan shartnomalar asosida respublika sog‘liqni saqlash tizimi
muassasalarining ularga boMgan ehtiyojini ta’minlash;
- O ‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat
bo'yicha daviat rezervining dori vositalari va tibbiyot buyumlariga
ehtiyojlarini qondirishni ta’minlash;
- “Dori -darmon” AK tarkibiga kiradigan dorixona muassasalari
faoliyatini muvofiqlashtirish, mavjud farmatsevtika mahsulotlari resurslari
to‘g‘risidagi yagona respublika axborotlar tizimini yaratish;
- dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni tashkil
etishga investitsiyalarni jalb qilish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish.
Ushbu qarorga muvofiq “Dori - darmon” AK tarkibiga
kirgan korxona
va tashkilotlar ro‘yxati va tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi.
Dostları ilə paylaş: