Endi siz eringiz bilan boshqa-boshqa o`rinda yotmaysiz! Endi siz qo`pollik, e’tiborsizlikdan ortiq azob chekmaysiz! Endi siz eringizning xiyonatidan bo`g`ilmaysiz! Endi siz sevgi va baxt ummonida erkin suzasiz! Endi siz eringizdan tinmay sovg`alar olasiz! Endi siz sevimli, jozibador ayolga aylanasiz! Endi siz eringizni ruhlantira olasiz va buning natijasida oilangizga cheksiz pullar oqimini jalb qilasiz! Keling, shu o`rinda eringizning pullarida sizning qanchalik hissangiz borligini ko`rib chiqaylik. AYOLLAR!!! ERKAKLAR ENERGIYANI FAQAT AYOL KISHIDAN OLADI!!! Ayol kishini ruhlantirish juda oson. Uyga osilgan birgina chiroyli pardadan ham ayol ruhlanaveradi. O`zgacha soch turmagi ham ayolni baxtli qila oladi. Farzandining maktabda olib kelgan birgina “besh” bahosi ham ayolning quvonishiga sabab bo`la oladi. Ayol ovqat tayyorlash jarayonidan ham cheksiz zavq oladi. Uylarni saranjom-sarishta qilish ham ayolning kayfiyatini ko`tara oladi. Tuvakdagi gulning ochilgani ham ayolni mamnun eta oladi. Erkaklarda esa unday emas!!! Erkak kishini faqat ayol o`z energiyasi bilan ruhlantira oladi. Ayoldagi ayollik energiyasigina erkakni jamiyatda, biznesda o`z o`rnini topishiga sababchi bo`ladi.
Aynan erkaklar uchun eng muhimi bu ayolning qanchalik ayollik energiyasiga to`la ekanligidir. Ular ongosti darajasida o`ziga kerakli bo`lgan energiya mavjud bo`lgan ayolga tomon intiladi, tortiladi. Magnit-ayol bu ayollik energiyasiga to`la ayoldir! Magnit-ayol – bu barcha erkaklar orzusidagi ayol! Magnit-ayol – bu erkaklar uni boshiga ko`tarishga, uning poyiga dunyolarni to`kishga tayyor bo`lgan ayol! Aksioma: Erkakning jamiyatdagi roli, erkakning qancha pul topishi ayol kishining energiyasiga bog`liq. Ayol o`z energiyasi bilan erkakni ruhlantiradi. Ayol o`zining latofati, nazokati, noz-u firoqlari, karashmasi, mehrini erkakka baxsh etadi. Erkak esa bu energiyani jamiyatga olib chiqadi va uni pul holida, sovg`alar ko`rinishida yana ayolga qaytaradi.
Erkak kishining topayotgan pullarida ayol kishining hissasi juda katta. Erkakning jamiyatdagi mavqeyi, karyerasi, muvaffaqiyati – hammasi ayoli berayotgan energiyaga tengdir.