Mahsulot sifatini boshqarish nazorat qilish usullarini o`rganish, mahsulot sifati tushunchasi va sifat ko`rsatkichlarini o`rganish Reja


Asosiy funktsiyani bajarishni takomillashtirish ko’rsatkichlari



Yüklə 398,4 Kb.
səhifə4/13
tarix25.12.2023
ölçüsü398,4 Kb.
#193875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5 mavzu Mahsulot sifati va sifatni boshqarish sistemasi reja

Asosiy funktsiyani bajarishni takomillashtirish ko’rsatkichlari iste’molning foydali samarasini, mahsulotning iste’molchilar tomonidan foydalanilganda ma’lum ehtiyojni qondirish darajasini ko’rsatadi.
Universallik ko’rsatkichi mahsulotning o’z o’rniga qarab ishlatilishi bilan bir qatorda, kishilar uchun foydali boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkinligini ko’rsatadi.
Yordamchi funtsktsiyalarning bajarilishini takomillashtirish ko’rsatkichi mahsulotni “inson-mahsulot-tashqi muhit” sistemasida asosiy va yordamchi faoliyatlarini bajarishining yondosh bosqichlarida: transportirovka, o’rnatish, ta’mirlash, xizmat ko’rsatish, saqlash va boshqa bosqichlarida mahsulotni o’ziga xos xususiyatlarini ko’rsatadi. Yordamchi operatsiyalarni bajarilishini takomillashtirish uchun asosiy faoliyatining bajarilishini takomillashtirishga ham ta’sir ko’rsatadi.
Ishonchlilik ko’rsatkichi mahsulotning iste’mol yoki espluatatsiya vaqtida yaroqli holda bo’lishini ko’rsatadi. Bunga to’xtamasdan ishlashi, uzoqqa chidamliligi, ta’mirlanuvchanlik, saqlanuvchanlik kabi ko’rsatkichlar kiradi.
To’xtamasdan ishlash ko’rsatkichi mahsulotning ma’lum vaqt davomida to’xtamasdan ishlatilishi mumkinligini ko’rsatadi.
Uzoqqa chidamlilik ko’rsatkichi xizmat ko’rsatish muddati davomida uzluksiz ishlashi mumkinligini ko’rsatadi.
Ta’mirlanuvchanlik ko’rsatkichi mahsulotning realizatsiya qilish jarayonida ba’zi mayda kamchiligini tuzatish mumkinligini ko’rsatadi.
Saqlanuvchanlik ko’rsatkichi mahsulotni saqlash va trasportirovka qilish jarayonida va undan keyin ham o’zining iste’mol qiymatini saqlash xususiyati tushuniladi. Ergonometrik ko’rsatkichlar. Ergonometrik ko’rsatkichlar “inson-mahsulot” sistemasini tavsiflab, insoniyatning ekologik, fiziologik, antropometrik, gigienik xususiyatlarini hisobga oladi.
Gigenik ko’rsatkichlar mahsulotni kishilarni mehnat va hayotiy faoliyatining gigenik shartlariga mos kelishini ko’rsatadi.

Yüklə 398,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin