Cho‘chqa, mol va qo‘y go‘shti gulyashi - cho‘chqa go‘shti, mol go‘shti va qo‘y go‘shtini yog‘-
da qovurib, ustiga tomat sousi quyib tayyorlanadi.
Go‘sht miqdori 70 foiz, sous 30 foiz bo‘ladi. Go‘sht
konservalaridan ko‘pincha quyuq va suyuq taomlar
tayyorlashda foydalaniladi.
Kalla-pocha konservalari. Keng tarqalgan turlari:
qovurilgan miya, tomat sousli buyrak, go‘shtli pashtet
hisoblanadi. Go‘shtli pashtetlar ko‘pincha mol va
qo‘y jigaridan tayyorlanadi va imga turli dorivorlar
qo‘shiladi.
Kolbasa konservalari. Sho‘rvali konserva yoki
sho‘rvali sosiska, cho‘chqa yog‘i solib pishirilgan
sosiska, tomatda pishirilgan sosiska; kolbasa qiymasi
va sosiska qiymasidan tayyorlangan konservalar keng
tarqalgan. Bunda go‘sht 74-78 foiz, sho‘rva yoki sous
26-32 foiz bo‘ladi.
Kolbasa konservalarining yana bir necha turlari:
vetchina konservasi, zavtrak turista (turist nonushtasi),
zalivnoy cho‘chqa go‘shti kabilar ham ishlab chi-
qariladi.
P arran d a go‘shti konservalari. Ular asosan to-
vuqning lahm go‘shti (filey) va ragusi, jeleli g‘oz
go‘shti, o ‘z suvida (sardagida) pishirilgan o ‘rdak
go‘shti, jo ‘ja go‘shti, karam, grechixa kashasi (bo‘tqasi),
guruchga aralashtirib, g ‘oz go‘shti, qaynatilgan tovuq
go‘shti kabilardan tashkil topgan.
G o ‘shti konservalash texnologiyasi MaMumki, xalqimizning oziq balansida turli xil
konservalar muhim o ‘rin
egallaydi.
Konservalar
go‘shtdan, baliqdan, mevadan, sutdan va boshqa oziq
mahsulotlaridan tayyorlanadi. Konservalar to‘liq sifatli,
74
www.ziyouz.com kutubxonasi
to‘yimli oziq bo‘lishi bilan bir qatorda, ayrim hollarda
ba’zi bir sabablarga ko‘ra oziq sifatida yaroqsiz bo‘lib
qolishi ham mumkin.