Bu to‘g‘rida ulug‘ rus olimi I.Mechnikov ko‘plab
kuzatishlar olib borib, sut-qatiq mahsulotlarining in-
son umrini uzaytirish borasida, uning salomatligini
yaxshilash maqsadida
naqadar muhim ahamiyatga
ega ekanligini isbotlab bergan. Darhaqiqat, ayniqsa
nordonlashtirilgan sut mahsulotlari (qatiq, kefir, qi-
miz va h.k.) kishilaming ovqat hazm qilish organlari-
dagi va asosan ichakda bo'lgan ko‘plab zararli mik-
roorganizmlami nobud qilishda va kuchsizlantirib inson
tanasidan chiqarib yuborishda muhim rol o‘ynashligi
ilmiy asosda ko‘plab dalillar bilan ko'rsatib berilgan.
Ma'lumki, odamlaming yo‘g‘on ichagidagi ko‘plab
chirituvchi mikroorganizmlar asosan sut ishqoriy va
neytrallashgan muhitda tez rivojlanadi va ko‘payadi.
Ular oziq tarkibidagi oqsil moddalami parchalaydi.
Shuningdek, indol, skatol kabi
organik birikmali zahar
moddalarini vujudga keltiradi. Bu zaharli moddalar esa
ichak devorlaridan qonga va limfaga o ‘tadi, qon orqali
butun organizmga tarqaladi. Kuzatishlarga qaraganda,
bu zaharli moddalar kishilaming asab sistemasi
faoliyatini susaytiradi, tana
harakatini pasaytiradi va
umuman darmonsizlikni vujudga keltiradi. Ayrim
hollarda arterioskleroz kasalligining vujudga kelishiga
sababchi bo‘ladi.
Sut kislotasi kishi organizmini va ayniqsa oshqozon-
ichak tizimini zararli va zaharli mikroorganizmlardan
tozalashda muhim rol o‘ynar ekan. Sut kislotasi, sut-
qatiq mahsuloti bilan oshqozonga tushgach, unda
ma'lum darajada bijg‘ish natijasida
kislotalik muhiti-
ni vujudga keltiradi va bu muhit shu yerdagi mikrob
va bakteriyalami nobud qiladi. Bu xususiyat inson
organizmini sog'lom boMishida muhimdir.
Sut-qatiq mahsulotlari va ulami tayyorlashda
olinadigan chiqindi (zardob, yog‘i olingan sut va h.k.)
lar qishloq xo‘jalik hayvonlari va ayniqsa ulaming
bolalari uchun juda muhim oziq va ichimlik hisoblanadi.
147
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bu moddalar yosh hayvon organizmining tez hamda
sogMom o ‘sishida va semirishida salmoqli rol o'ynaydi.
Sut va sutdan tayyorlangan
mahsulotlar tarkibida
ko‘p va yetarli miqdorda turli xil vitaminlar, oqsil va
mineral moddalar bo'lganligi uchun inson ratsionida
eng foydali oziq sifatida muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa
oshqozon-ichak tizimining faoliyati susayib ketgan
bemorlar, qariyalar va yosh go‘daklar uchun
sut va sut
mahsulotlari, shuningdek, sut-qatiqda tayyorlangan
taomlar o‘zining shifobaxshligi va parhezliligi bilan
juda qiymatli va foydali hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: