Terini shilib olish ishlari
ko‘plab kushxonalarda
mollar vertikal osib qo‘yilganida amalga oshiriladi.
G o‘shtning sifati sanitariya jihatidan yaxshi bo‘lishi
uchun kushxonalarda terini shilish va tana (to‘sh)
ga dastlabki ishlov berishda turli vositalar (ilmoq,
blok ustidan o ‘tkazilgan arqon va h.k.lar)dan keng
foydalanib kelinmoqda.
Terini tanadan shilib olish uchun tananing biqin-
lariga qalin taxta qo‘yilib tana chalqanchasiga yotqi-
ziladi. Keyin oldingi va orqa oyoqlarining hamda qorin
va ko‘krak qismining terisi shilinadi.
Tana boshqa qismlarining terisi maxsus baraban-
larda yoki qo‘lda shilib olinadi. Bunda tanaga shikast
yetmasligi (teri osti yog‘i buzilmasligi) lozim. Agar
cho'chqa go‘shti dudlatish maqsadida (son go‘shti, ru-
let va boshqalar tayyorlanadigan) bo‘lsa, terisi shilib
olinmaydi, qaynoq suvga botirib olib juni yulingandan
so‘ng, tana qillari pechda kuydiriladi. Ichki organlar teri
shilib olingan yoki juni yulingandan keyin (cho‘chqa
tanasidan) olinadi. Bunda ichki organlarining yorilib
ketishiga va go‘shtning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak.
Tanani nimtalash
uchun orqa umurtqa bo‘ylab
uzunasiga, ikki nimtaga bo‘linadi. Bunda orqa miyani
shikastlantirmasdan saqlab qolish uchun umurtqaning
o‘rta chizig‘idan biroz chetdan qirqiladi. Tana to‘g ‘-
ri chiziq bo‘ylab bo‘linishi lozim, aks holda, mikroor-
ganizmlar rivojlanib, go‘sht tez buzilishi mumkin.
Qo‘y tanasi nimtalanmay butunligicha chiqari-
ladi.
Nimta yoki tanani yuvish va tozalash - uning tashqi
ko‘rinishini yaxshilaydi va uzoq vaqt buzilmasligini
ta'minlaydi.
39
www.ziyouz.com kutubxonasi
So‘yiIgan hayvon tanasini va nim talarini
tozalash
Tanani tozalashda dum, buyrak, buyrak atrofidagi
yog‘, go‘shtdagi qontalash joylar, qotib qolgan qon,
shikastlangan qism, orqa miya va boshqalar olib
tashlanadi.
Qo‘y tanasini tozalashda, odatda, dumi olib tash-
lanmaydi, buyrak va buyrak atrofidagi yog‘lar ham
qoladi. Yuvish ishlari mol tanasi yoki nimtasini turli
ifloslikdan iliq suv bilan bosim ostida olib boriladi.
Tozalangan mol va cho‘chqa nimtalariga va qo‘y
tanasiga veterinariya nazorati tamg‘asi va semizlik
kategoriyasi, yoshi va go'sht qanday maqsad uchun
mo‘ljallanganligini ko‘rsatuvchi belgilar bosiladi.
Mol so‘yilib bo‘lgach, go‘shtdan tashqari subpro-
duktalar deb nomlangan ikkinchi darajali mahsulot-
lar - jigar, buyrak, yurak,. til, kalla, dum, qizilo‘ngach
va boshqalar bo‘ladi.
Yilqi, qo‘tos va bug‘ulami so‘yish va go‘shtini
dastlabki ishlash ham qoramollami so‘yish va dastlabki
ishlash tartibida oalib boriladi.
Mamlakatimiz go‘sht korxonalarida molni so‘yish
va dastlabki ishlashning barcha bosqichlarida qat’iy
veterinariya nazorati o‘matilgan. Binobarin, inson
uchun zararli bo‘lgan kasal molning go‘shtini sotishga
mxsat berilmaydi.
Kasal molning go‘shti uning qanday kasal bilan
og'riganligini va kasalning zo‘rayish darajasiga qarab
yo iste'mol uchun butunlay yaroqsiz yoki shartli
yaroqli, yoki ayrim hollarda iste'mol uchun yaroqli deb
belgilanadi. Jumladan, sibir yarasi, manka, shuning-
dek, sil va kuchli finnoz bilan og‘rigan oriq molning
go'shtini ovqatga ishlatish qat’iy man qilinadi. Bunday
go‘shtlar ko‘mib tashlanadi yoki utilga topshiriladi.
Brutsellez va oqsil kasalligiga uchragan hayvonlar,
40
www.ziyouz.com kutubxonasi
hamda kuchsiz finnoz va sil kasalligiga uchragan, le-
kin oriqlamagan molning go‘shti ovqat uchun shartli
yaroqli hisoblanadi. Bunday go‘shtlami sterilizatsiya
qilib yoki ayrim hollarda tuzlab va past haroratda
zararsizlantirilgandan keyin sanoatda qayta ishlash
(kolbasa va boshqa mahsulotlar tayyorlash uchun
ishlatiladi) mumkin. Faqat ichki organlari kasallangan
yoki sil va oqsil kasalligiga chalingan hayvonlar,
shuningdek, so‘yishdan bir sutka davomida istmasi
bo‘lmagan mollaming go‘shti ovqat uchun yaroqli deb
topiladi.
Dostları ilə paylaş: |