Qoramol va qo‘y-echkilarda orqa umurtqa 13 ta,
cho‘chqada 14 ta boiadi. Qoramol va qo‘y-echkilarda
bel umurtqasi 6 ta, cho‘chqada 4 ta. Ular o ‘sib dum-
g‘aza suyagini hosil qiladi. Dum umurtqasi 18-20 ta,
cho‘chqada 20-26 ta b o iish i aniqlangan.
Qovurg‘a ko'krak suyagi bilan yoki o ‘zaro birikuv-
chi uzun, sal egilgan, juft-juft joylashgan yassi suyak-
dan tashkil topgan. Har bir juft qovurg‘aning soni orqa
umurtqaning soni bilan baravar boiadi. Past qismidan
ko‘krak suyagiga ulangan qovurg‘alar chin qovurg‘a
deyiladi. Oxirgi qovurg‘alar bir-biri bilan ulanadi va
ular yolg‘on qovurg‘a deyiladi.
Qoramol va qo‘y echkilarda 13 juft qovurg‘a boiib,
ulardan 8 tasi chin qovurg‘a, 5 tasi yolg‘on qovurg‘a
hisoblanadi, cho‘chqada 14 ta qovurg‘a, 6 tasi chin va 8
tasi yolg‘on qovurg'a boiadi.
Ko'krak (to‘sh) suyagi - ayrim to ia suyakka aylan-
magan qismlar - segmentlardan iborat. Ko‘krak suyagi-
ning old qismi tayanch, keyingi qismi esa xanjarsimon
o‘siq deyiladi.
Oldingi oyoq suyaklari - kurak, yelka suyagi, yelka
oldi suyagi va panjaralami o ‘z ichiga oladi. Kurak, yas-
si suyakdan iborat, uning yuqori keng qismi pay bilan,
pastki qismi yelka bilan ulanuvchi va kurak yelka
bo‘g ‘ini hosil etuvchi boshqa siyak bilan tamomlanadi.
Orqa oyoq suyagi - tos suyagi, son suyagi, boldir
suyagi va tovon suyaklarini o ‘z ichiga oladi. Son suyagi
skeletdagi eng yirik naysimon suyak hisoblanadi. Uning
ustki uchi yonbosh suyagiga birikadi, pastki uchi esa
tizza bo‘g‘inini hosil etib, boldir suyagi bilan ulanadi.
Dostları ilə paylaş: