Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Ionlanuvchi (radioaktiv) nurlar bilan konser-



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Ionlanuvchi (radioaktiv) nurlar bilan konser-
valash. 
Bu nurlar atomlardan elektronlami ajratish 
kuchiga ega. Shu atomlardan ionlar hosil qiluvchi 
nurlarga 
ionianuvchi nurlar 
deyiladi. Ionlanuvchi 
nurlarga katod, gamma, alfa, rentgen nurlari kiradi. Bu 
nurlaming hammasi mikroblami o ‘ldirish qobiliyatiga 
ega. Ionlanuvchi radiatsiya nurlari ta'sirida narsalar 
istitilmaydi va kam denaturlanadi. Go‘shtni ionlanuvchi 
radiatsiya bilan nurlantirishga «sovuq» sterillash deyi- 
ladi. Asosan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini sterillash 
uchun gamma nurlari ishlatiladi. Chunki, gamma nurlari 
mahsulotning chuqur qismlariga ham o‘ta oladi.
Go‘shtni antibiotiklar bilan konservalash. 
Bunday 
hayvonlaming so‘yishdan oldin qoniga, 1 kg vazni 
uchun 5-10 mg biomitsin yoki 1 1 suvga 50-100 mg 
biomitsin qo‘shilgan eritmadan go‘shtning ichiga yubo- 
rilsa, go'shtning saqlanish muddati dori yuborilmagan 
go‘shtga nisbatan 7 kungacha uzaytiriladi. Lekin, an- 
tibiotiklar kishi organizmiga har xil salbiy ta’sir qila- 
di. Shunga ko‘ra xomligicha iste’mol qilinadigan 
mahsulotlami antibiotiklar bilan konservalash tavsiya 
etilmaydi.
B olalar va parhez taom lar uchun konservalar
tayyorlash
Turli yoshdagi bolalar va oshqozon-ichak xasta- 
ligiga duchor bo‘lgan kishilar uchun tez hazm bo‘- 
luvchi parhez konservalarini ishlab chiqarish muhim 
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 3-18 oylik bolalar uchun 
tayyorlanadigan sut mahsulotlari ulaming sog‘lom va
83
www.ziyouz.com kutubxonasi


baquvvat bo‘lib o'sishlarida muhim omil hisoblanadi. 
Mamlakatimizda «sog‘lom avlod>» siyosati yuritilishi 
ham bu tadbiming yanada muhimligidan va uni so‘zsiz 
amalga oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Yosh bolalar ozig‘ida ko‘p miqdorda to‘la qimmatli 
oqsil, yetarli darajada aminokislotalar, mineral mod- 
dalar, vitaminlar bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra ular- 
ni balanslashtirish maqsadida go‘shtga ma'lum sub- 
produktlar, yog‘i olingan va olinmagan sut, sarimoy, 
kungaboqar yog‘i kabilami qo‘shish maqsadga muvofiq 
hisoblanadi.
Bolalar va xastalar oziqlari yuqori darajada mayda- 
langan bo'lishi, tez va yaxshi hazm bo‘lish imkonini 
beradi. Eng asosiy oziq turlari: buzoq go‘shti, 11 
kategoriyali jo ‘ja go'shti, mol jigari, tili va qo‘shimcha 
mahsulotlar sifatida: sarimoy, o ‘simlik moyi, sho'rva 
va kraxmal, qovurilgan piyoz, turli dorivorlar va tuz 
kabilardan iborat.
Keyingi yillarda ma'lum, zamonaviy texnologik 
usullarda turli taomlar (oziqlar), jumladan, 5-7 oylik 
bolalar uchun: «malish», «gerku!es», «vini-pux», «mal- 
yutka», «bezzubka», «skazka», «nejenka», «detskoye», 
«zdorovye» kabi konservalar ishlab chiqarilmoqda.
7-9 oylik bolalar uchun maydalangan mahsulot -
bo‘tqa (pyurcobraznie)lari («malishok» va «ptenchik») 
va 9-12 oyli bolalar uchun «yazichok», «butuz» deb 
nomlanuvchi mahsulotlar tayyonlanmoqda.
Tcxnologiya talabiga ko'ra «malish» konservasi 
mol go'shtidan, «gerkules» - jigardan, «vinni-pux» mol 
go‘shti va tvorogdan, «kroshka», «ptenchik» va «butuz» 
konscrvalari parranda go‘shtidan, «malyutka» - mol 
go‘shti va mol miyasidan, «bczzubka» jigar, miya va 
tvorog aralashmasidan, «malishok» - buzoq go'shtidan, 
«yazichok» tildan, «skazka» jigardan, «nejenka» mi- 
yadan, «detskoye» jigar va miyadan, «zdorovye» tildan 
tayyorlanadi va sotuvga chiqariladi.
H4
www.ziyouz.com kutubxonasi


Oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan bemorlar 
uchun «myasnoy» va «pechenochniy» deb nomlangan 
pashtetlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ulaming 
tarkibida 15-20 foiz sarimoy va 50 foiz - go‘sht, jigar 
va o ‘simlik mahsulotlari mavjud. Shuningdek, m a’lum 
miqdorda turli dorivorlar bo‘lganligi uchun ular xush- 
xo‘r va sifatlidir.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin