Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


T o‘sh va organlarning veterinariya-sanitariya



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

T o‘sh va organlarning veterinariya-sanitariya
ekspertiza nazorati
Hayvonlami so‘yish sexida veterinariya xodimlari 
tomonidan so‘yilgan hayvonlaming boshi, ovqat hazm 
qilish organlari, liveri, to‘shi va buyragini diqqat bilan 
tekshimvdan o'tkazadilar. Bulardan tashqari, cho‘ch- 
qalaming diafragmasida «trixinellyoz» bor-yo‘qligi 
sinchiklab ko‘riladi. Nazorat ishlarini mas’uliyat bilan 
olib borish uchun hayvon to‘shi va ichki organlari 
nomerlanadi.
Hayvon kallasini 
tekshirishda limfatik tugunchalar 
holatiga e ’tibor beriladi (chunki shunga ko‘ra sibir 
yarasi kasalligi bor-yo‘qligini aniqlash mumkin). Shu- 
ningdek, kavsh qaytarish muskuli, tili, og‘iz bo‘shligi 
tekshirib ko‘riladi.
Tilning shilliq pardasi 
holatiga ko‘ra oqsil (yashur) 
va chuma kasalligi bor-yo‘qligi aniqlaniladi.
94
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ichki organlaridan 
taloq (qora jigar), jigar, 
o ‘pka, buyrak, ichak, yelin kabilar ham tekshiriladi. 
Bunga sabab bu organlar holatiga ko‘ra hayvonda si- 
bir yarasi, sil, finnoz, exinokokkoz kasalligi bor-yo‘q- 
ligini aniqlash mumkin. Xulosanomada to‘sh holati 
va sifati to‘g ‘risida fikr ko‘rsatiladi. Agar talab etil- 
sa, hayvon to‘shi va organlari qo‘shimcha holda bak- 
teriologik va gistologik tekshirishdan o'tkaziladi. 
Shartli holda iste'molga yaroqli deb topilgan mahsulot 
zararsizlantirish maqsadida maxsus laboratoriyaga -
patologik kuzatuvga beriladi. Jiddiy patologik o ‘zga- 
rishlari bo‘lgan 
organlari 
veterinariya-sanitariya muta- 
xassislari ko‘rsatmasi bilan maxsus chora-tadbirlarga 
tortiladi.
Subprodktlarni veterinariya-sanitariya nazora-
tidan o‘tkazish ishlari 
maxsus, mahsulotga ishlov be- 
rish sexida olib boriladi. Bu tadbir tezlik va mas’uliyat 
bilan mahsulot so‘yish sexidan olib kelinishi bilan 
o ‘tkaziladi.
Sex veterinariya vrachi har bir organ va mahsulotni 
umumiy sanitariya talablari asosida kuzatish ishlarini 
olib boradi. Ayrim organlami shaxsan o‘zi ham teks- 
hirib ko‘rishi mumkin. Mahsulotga o ‘z vaqtida ishlov 
berish, barcha asbob-uskuna va idishlaming tozaligiga 
alohida e’tibor beradi.
Ayrim patologik o ‘zgarishlari bo‘lgan organlar 
masalasida qo‘shimcha dastlabki ishlov berish uchun 
veterinariya vrachi ko‘rsatmasiga asoslanib talab etilgan 
tadbirlar amalga oshiriladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin