Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Albumin 
- tarkibida fosfor boim aydi, binobarin, 
u oddiy oqsil hisoblanadi. Uning miqdori sigir sutida
105
www.ziyouz.com kutubxonasi


0,4-0,6 foiz, og‘iz sutida o ‘rtacha 0,8 foiz bo‘ladi. 
Albumin yuqori sifatli oqsil bo‘lgani holda, ayniqsa, 
o'sayotgan yosh organizmlar uchun muhim modda 
hisoblanadi. U o'zining tez va to ‘la hazm bo'lishi 
bilan boshqa oqsillardan ustun turadi. Albumin turli xil 
pishloq, ayniqsa, yashil rangli pishloq va boshqa sut 
mahsulotlari tayyorlash uchun ham foydalaniladi.
Globulin - oddiy sigir sutida juda oz - 0,1 foiz 
atrofida, og‘iz sutida esa 8-12 foiz miqdorda uchraydi. 
Globulin o ‘zining bakteriotsidlik (bakteriyadan tozalash) 
xususiyatiga ko‘ra yangi tug‘ilgan organizmlar uchun 
o‘mini almashtirib bo‘lmaydigan oqsil hisoblanadi. Shu 
bilan birga, yosh organizmlaming turli xil kasalliklariga 
qarshiligini kuchaytiradi. Agar sut 70-75° atrofida 
kuchsiz kislotali muhitda isitilsa globulin iviy boshlaydi 
va kolloid holatiga aylanadi.
Sut oqsili va uning xususiyatlari. Sut tarkibidagi 
oqsillar tez hazm bo‘lishi va unda har bir organizm uc- 
hun kerakli bo‘lgan, o‘mini almashtirib bo‘lmaydigan 
aminokislotalar mavjudligi bilan qiymatlidir. Sut oqsil- 
lari asosan kazein, albumin, globulin va boshqa azotli 
moddalardan tashkil topgan. Sutdagi oqsillar miqdori 
2,8-4,6 foiz atrofida bo‘ladi. Uning 2,7 foizi yoki 80-82 
foizini kazein tashkil qiladi. Qolgan 18-20 foiz boshqa 
tur oqsillardan iborat.
Kazein - barcha sut mahsulotlari (pishloq, suzma, 
tvorog, brinza)ning asosiy tarkibi hisoblanadi. Uning 
to‘yimdorlik xususiyati ham yuqori darajada boiadi. 
Lekin uning toza holda albumin va globuminga ko‘ra 
qiyinroq hazm b o iish i aniqlangan. Shunday qi- 
lib, kazein asosan pishloq va tvorog tayyorlashda 
foydalaniladi, qisman yelim va plastmassa ham tayyor- 
lanadi.
Kazein tarkibida bir qancha aminokislotalar (pro- 
lin, sistin, triptofan, tirozan, valin, arginin va asparagin) 
uchraydi. Ulaming miqdori sigirlaming zotiga, yil
106
www.ziyouz.com kutubxonasi


fasliga, sog‘ish davriga, egizdiriladigan yem-xashak 
turlariga va sifatiga bog'liq ekanligi aniqlangan. 
Masalan, P.V.Kugenov ma'lumotiga ko‘ra, shvits 
zotli sigirlar sutida - arginin 4,8 foiz, asparagin 
kislotasi 7,6 foiz, alanin 3,8 foiz, glitsin 81,0 foiz, 
glyutamin kislotasi 16,3 foiz, serin 6,7 foiz, treonin 
4,2 foiz miqdorda ekanligi aniqlangan. Shunday qi- 
lib, sut sanoatidagi kazein ahamiyati katta hisoblanib, 
u sut mahsulotlari: pishloq, suzma, qatiq va boshqa 
mahsulotlar tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Shu- 
ningdek, kazeindan aviatsiya, to‘qimachilik va qog‘oz 
sanoatida foydalanish uchun qimmatli yelim ham 
tayyorlanadi. Kazeindan sun’iy jun ham tayyorlash 
mumkinligi tajribalarda sinab ko‘rilgan.
Sut qandi. Sut qandi yoki laktoza yelindagi sut 
bezlarida hosil bo‘ladi. Uning glyukozadan vujudga ke- 
lishi aniqlangan. Sut qandi disaxarid hisoblangani holda 
u glyukoza va galaktoza birikmasidan iborat. U suvda 
yaxshi eriydi. Haroratning ko‘tarilishi bilan uning erish 
xususiyati ham ortadi.
Sut qandi ayrim sut mahsulotlari (qatiq, pishloq, 
sutdan tayyorlangan ichimliklar) tayyorlashda mu- 
him rol o ‘ynaydi. Shu bilan birga, sutning achishi 
va bijg‘ib qolishiga ham sababchi bo‘ladi. Sut qandi 
mikroorganizmlar bilan birga sutni va sut mahsulotlarini 
achitish imkonini beradi hamda uning natijasida sut 
kislotasi vujudga keladi.
Sut qandi yosh bolalami oziqlantirishda va tibbi- 
yotda penetsillin tayyorlashda ham foydalaniladi. Sut 
qandi o ‘zining to‘yimliligi jihatidan oddiy qanddan 
farq qilmaydi, lekin uning shirasi tubanroq bo‘ladi. Sut 
qandi organizmda tez hazm bo‘ladi, shuningdek, yan- 
gi tug‘ilgan organizmlami jadal o‘sishi va rivojlanishi 
uchun juda muhim va qiymatli hisoblanadi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin