Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Tuxum poroshoklari. 
Texnologiya talabiga ko‘ra 
tuxum poroshoklari melanjdan yoki tuxum sarig‘i yoki 
oqidan alohida-alohida tayyorlanadi. Poroshokda suv 
miqdori oz, lekin kaloriyasi va oziqlik qiymati yuqori 
boTadi.
Ayrim hollarda melanjning yog‘i olinmagan yoki 
olingan sut bilan (1:1 nisbatda) tayyorlangan aralash- 
masi quruq quymoq (omlet)lar ham tayyorlanadi. Tu- 
xum poroshoklari konditer va novvoyxonalarda keng 
miqyosda ishlatiladi. Uzoq yoTga, sayohat va ekspe- 
ditsiyalarga chiqqanda bu quruq mahsulot nihoyatda 
qulaylik yaratadi. Ayrim hollarda chakana savdoga ham 
chiqariladi.
Tuxum poroshogining kimyoviy tarkibi 
quyida- 
gicha, y a’ni: suv 6,4 foiz, oqsil 42,3 foiz, uglevod 
5,8 foiz, yog‘ 41,9 foiz va mineral moddalar 3,6 foiz 
boTadi. Agar poroshok faqat tuxum sarigTdan tay- 
yorlangan boTsa, u holda yog‘ 53,4 foiz, oqsil 35,4 foiz, 
agar faqat tuxum oqidan etishtirilgan boTsa suv 12,6 
foiz, oqsil 73,4 foiz, yog‘ 0,3 foizni tashkil etishi 
aniqlangan.
101
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tuxum poroshogini muzlatilgan tuxum mahsulotla- 
ridan ham tayyorlash mumkin. Bunda mahsulot 43- 
47°C da maxsus quritgich asboblari (sushilka) yorda- 
mida bajariladi.
Tuxum poroshogining sifati, 
uning tuzilishi, rangi, 
ta’mi, hidi kabi xususiyatlariga qarab aniqlaniladi. U 
asosan och sariq rangli, poroshoksimon, tuxumga xos 
m e’yordagi ta’m, maza va hidga ega bo‘lishi kerak.
Agar poroshok nam, yuzasi shilliqlangan, mog‘or 
otgan, yot hidli, taxir, rangi keskin o ‘zgargan bo‘lsa, 
bunday poroshoklar sotuvga chiqarilmaydi. Tuxum 
poroshoklari maxsus bochkalarga yoki sig‘imi 500 
g gacha kardon idishlarga yoki sig‘imi 10 kg gacha 
bo‘lgan tunika bankalarga joylashtiriladi. Etiketka 
yoziladi va yopishtiriladi. Unda xo‘jalik nomi, mahsulot
turi, sof va umumiy og‘irligi, qutilar soni, tayyorlangan
vaqt, davlat standarti (gost) nomeri va iste'mol etish 
tartibi ko‘rsatiladi.
Tuxum poroshogini saqlash asosan harorati 8°
dan 5° gacha, havo namligi 60-65 foiz b o ig an joylarda 
olib boriladi. Uni oddiy idishlarda saqlash muddati 8 
oygacha, germetik idishlarda esa 12 oygachadir. Saq- 
lash talablariga rioya qilinmasa, poroshokning eruv- 
chanligi pasayadi yoki oksidlanadi va taxir b o iib
qoladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin