Oqsil
3,2
3,5
3,6
Kazein
2,5
2,6
2,8
Sut qandi
5,2
5,2
5,1
Quruq
moddalar
11,8
13,4
12,8
Olib borilgan kuzatishlardan aniqlanishicha, sut
tarkibidagi mineral moddalar miqdori birinchi galda
sigirlarga beriladigan yem-xashak tarkibiga, uning
to‘yimliligi va sifatiga, qolaversa sigirlaming orga-
nizmida yuz beradigan barcha fiziologik va biokimyoviy
jarayonlaming jadalligiga, ulaming fiziologik holatiga
va individual xususiyatiga bog‘liq ekan. Umuman, si-
gir suti tarkibidagi mineral moddalar orasida kalsiy va
fosfor eng salmoqli o ‘rin tutadi va miqdor jihatidan
birinchi o ‘rinda turadi. Bu moddalar sutdan pishloq
tayyorlashda muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek,
sigir sutining taribida ma’lum miqdorda kaliy, natriy,
magniy, xlor moddalari va kobalt volfram, nikel, litiy
kabi mikroelementlar borligi ham aniqlangan.
Sut zardobi tarkibidagi oqsillar. Sut qaynatilganda
o‘sha idish yoki qozon tagida ma'lum miqdorda quyqa
qoladi. Shu quyqa asosan sut zardobi oqsillaridan iborat
bo'ladi. Sut zardobida albumin, globulin kabi oqsillar
uchraydi.
Sut zardobidagi oqsillar tarkibidagi aminokislotalar
kazeinnikidan farq qiladi. Ulaming miqdori ham har
xil bo‘ladi. Masalan, glyutamin kislotasi bilan treonin -
18,49 foiz; valin-metionin - 9,0 foiz; letsin - 11,85
foiz; fenilalanin - 9,42 foiz; alanin - 4,38 foiz; prolin-
tirozin - 2,5 foiz; serin - 5,32 foiz; glitsin - 2,08 foiz;
asparagin kislotasi - 2,53 foiz; arginin - 1,9 foiz; li-
zin va gistidin - 7,98 foiz; sistin - 2,0 foiz miqdorida
uchraydi.
Dostları ilə paylaş: