Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Q ayta ishlangan tuxum m ahsulotlari



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Q ayta ishlangan tuxum m ahsulotlari
Qayta ishlangan tuxum mahsulotlari tuxumga nisba- 
tan tashishga qulay va saqlashga chidamli bo‘ladi. Bu 
mahsulotlarga 
muzlatilgan 
va 
quritilgan 
mahsulotlar 
kiradi.
Muzlatilgan tuxum mahsulotlari. 
Texnologiya 
talablariga ko‘ra muzlatilgan tuxum mahsulotlari asosan 
melanj qilingan (ya’ni tuxumning oqi va sarig‘ini ara- 
lashtirib muzlatilgan), shuningdek, muzlatilgan tuxum 
oqi va sarig‘idan iboratdir. Muzlatilgan tuxum mahsu- 
lotlari I va II kategoriyali tuxumlardan tayyorlanadi.
«Ovaskop» yordamida tuxumlar saralanadi va 
ular iste’mol uchun yaroqli yoki yo‘qmi aniqlanadi. 
Shundan so‘ng zararlangan tuxumlar b o isa, ulami 
yuvish va xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qi- 
lish tavsiya etiladi. Keyin tuxum po‘chog‘i chaqilib, 
uning ichi tekshiriladi va maxsus idishga qo‘yiladi. 
Tuxum suyuqligida po'choq parchalari bo‘lsa, ular olib 
tashlanadi.
Mahsulot tozalangan och tunikadan yasalgan, oksid- 
lashdan saqlovchi maxsus lak bilan qoplangan, sig'imi
5-10 kg li bankalarga quyiladi. Bankalar to‘lgach, 
qopqog‘i yopiladi va kanifolning spirtli eritmasi bilan 
kavsharlanadi hamda markirovkalanadi.
Markirovkada barcha ma'lumotlar, ya'ni korxona va 
mahsulot nomi, sof og'irligi, tayyorlangan vaqti, davlat 
standart (gost) nomeri yozib qo‘yiladi.
100
www.ziyouz.com kutubxonasi


Melanj 
(tuxum oqi yoki sarig‘i) - 18 gradusda 
bankaning ichki haroratda 5-6 gradus bo‘lgani holda 
muzlatiladi. Agar harorat 6 gradusdan kuchaytirilsa, u 
tuxum sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mahsulot sifati eng avval organoleptik usulida 
aniqlanadi. Shuningdek, bankalar pachaqlanmagan, 
zanglamagan bo'lishi kerak. Sifatiga baho berishda 
mahsulotning rangi, harorati, konsistentsiyasi, hidi, 
ta’mi hisobga olinadi.
Mahsulotni izotermik vagonlarda va avtorefrijera- 
torlarda tashish tavsiya qilinadi. Muzlatilgan melanji 12 
gradusda, nisbiy namlik 80-85 foiz bo‘lsa 8 oygacha 
va 19 gradusda 15 oygacha saqlash mumkinligi aniq- 
langan.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin