Chakana savdoga keltirilgan mahsulotlar 0°-8°C
gacha
haroratda saqlanishi talab etiladi.
Sanitariya
talablariga binoan sotish va saqlash
muhlati mahsulotning turi va tayyoriash texnologiyasiga
ko‘ra turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, qaynatilgan
va sovitilgan mahsulotlar ko‘pi bilan muzlatgichda 24
soat saqlanishi mumkin. 20°C gacha bo‘lgan haroratda
3 soatgacha saqlash mumkin. Qovurilgan mahsulotlar
48 soatgacha muzlatgichda, jumladan,
sanoat korxona-
larida 12 soatgacha, dudlangan va maxsus holda
(zapechennix) pishirilgan mahsulotlar 72 soatgacha
muzlatgichda saqlanishi mumkin.
Tez muzlatilgan go‘sht mahsulotlarini asosan yan-
gi go‘shtdan, ba'zan uni boTaklarga boTgan holda
tayyorlanadi. Ba'zan unga har xil gamir (krupali,
kartoshkali, karamli va h.k.) qo‘shib
tayyorlash ham
mumkin.
Tez muzlatilgan go‘shtli tayyor taomlar o‘z tarkibida
barcha hayotiy muhim moddalar (oqsil, uglevod,
toTa qimmatli yog‘, vitaminlar, mineral elementlar
miqdori jihatidan) balanslashtirilgan boTishi talab
etiladi. Bunday mahsulotlami uzluksiz, doimiy holda
chakana
savdo korxonalariga, umumiy ovqatlanish
muassasalariga (jumladan, restoran, barcha turdagi
oshxonalar, kafe, vagon restoranlari va h.k.) yetkazib
berish, shuningdek, uy sharoitida
sarflanadigan vaqtni
4-5 martaga kamaytirar ekan. Bundan tashqari, tayyor
taomlar uzoq vaqt va hatto oylab muzlatgich (xolodil-
nik)larda saqlanishi ham mumkin ekan.
Bu borada AQSH, Shvetsiya, Germaniya,
Fransiya,
Vengriya kabi mamlakatlar eng oldingi o‘rinda turadilar.
Bunday tadbirlar sobiq ittifoqda, asosan 1977-yildan
boshlab o ‘z faoliyatini ko‘rsata boshladi. Jumladan,
Moskva, Gagra, Sochi shaharlarida bir smenada 20 ming
porsiya tayyorlab berish quvvatiga ega boTgan kor-
xonalar tashkil etildi.
92
www.ziyouz.com kutubxonasi