Asiliy – nasta’liq xatini yaxshi bituvchi, halvogar Ofatiy, g’azlfurush (yigirilgan ip, kalava sotuvchi) Zuloliy, (olimlar matnda bu so’zni g’azalfurush deb o’qib, Hirotda XV asrda g’azalfurushlar bo’lgan, ularning g’azallar sotiladigan do’konlari bo’lgan, deb yozganlar - S.G’. Masalan: Ye.E. Bertels “g‘azalfurush” deb o‘qib, yozgan edi: “На базарах Герата существовали книжные лавки, где знатоки литературы могли найти любое новое произведение ... Существовали особые торговцы газелями (g‘azalfurush), которым можно было заказать копию лирического стихотворения ...”), kuftapaz (taom turi) Hoshimiy, savdogar Osiliy, kitob muqovasozi Fig’oniy, naqqosh Fazliy, tabib Darvesh Ali, kordgar (pichoqchi) Ustod Muhammad Ubahiy, munajjim Kavkabiy, Sulton Mahmud kabilar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Uchinchi majlisda 29 nafar mashhadlik shoirlar, 9 nafar astrobodlik va Marv, Nishopurdan bo’lgan shoirlar, ayniqsa, yosh ilmi toliblarga e’tibor qilingan.
Turkigo’y shoirlardan Mavlono Gadoiy sohibi devon haqida bizda 1962 yil ilk bor maqola e’lon qilinib, uning she’rlaridan kichik bir majmua nashr qilingan edi. 1973 yilda E. Ahmadxo’jayev Gadoyining Parijda saqlanayotgan devonini so’zboshi bilan e’lon qilgan.
Uchinchi majlisni Navoiy hazratlari quyidagicha yakunlaydi:
“Bu hazratkim, bu majlis ahlining sadrinishinidurlar sahobi maoniylari gavharrez va bu jamoatkim, ul hazrat xirmani maoniysining xushachinidurlar, gulshani tab’lari gulafshon va sumanbez, sarxaylg‘a vusuli ilohi yetsun va xaylg‘a sharafi saodat va mag‘firati nomutanohi kasb etsun. Va Sultoni sohibqironkim, ul hazratning nukot va maorifining daqoyiqi alfozini va haqoyiqi maoniysini hech donishvarlardin yaxshiroq bilmadi va hech ahli tab’ alarning ushri ashirini fahm qilmadikim, majlisda nazm tariqida hamroz erdilar va nasr uslubida puktapardoz. Ul hazrat ruhoniyatidin alarg‘a fayzi beg‘oyat va imdodi benihoyat yetsun va bu faqir hamkim, bu hazratning bandai dargohi va ul hazratning xoki rohimen mahrum bo‘lmasun”.
Dostları ilə paylaş: |